Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
18.03.2014Xalqaro hamkorlik

2014 yil mobaynida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi quyidagi kutubxonalar bilan kitob va davriy nashrlar almashinuvi  bo‘yicha hamkorlik qildi. Bular:
 
1. Misr Milliy kutubxonasi va arxivi
2. Ozarbayjon Milliy kutubxonasi
3. Belorusiya Milliy kutubxonasi
4. Koreya Milliy kutubxonasi
5. Qozog‘iston Milliy akademik kutubxonasi
6. Rossiya Davlat kutubxonasi
7. Rossiya Milliy kutubxonasi
8. Rossiya FAning ilmiy va ijtimoiy ma'lumotlar instituti
9. Rossiya FAning Davlat xalq ilmiy-texnika kutubxonasi
10. Toyo Bunko kutubxonasi, Yaponiya
11. AQSH Kogressi kutubxonasi
12. Moldova Milliy kutubxonasi

Shuningdek, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondlarini madaniyat, san'at va tarix sohasidagi kitoblar bilan boyitish maqsadida Fransiya, Chexiya, Hindiston va Vyetnam Milliy kutubxonalari, Varshavadagi Osiyo muzeyi kutubxonasi  va Budapeshtdagi Ferensa Xopp nomidagi Sharqiy Osiyo san'ati muzeylari bilan bir martalik kitob almashinuvini amalga oshirdi.

2014 yilda, Koreya Milliy kutubxonasi va Kyon Xi Universiteti Markaziy kutubxonasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumining imzolanganidan so‘ng Uzbekiston Milliy kutubxonasi xodimlari Universiteti kutubxonasida o‘z malakalarini oshirib qaytdilar.

Milliy kutubxonaning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi doirasida O‘zbek-yapon odam resurslari markazi, YUNESKO Milliy komissiyasi, O‘zbekistondagi YUNESKO Vakolatxonasi, BMT Taraqqiyot dasturi, YUNISEF, Toshkentdagi Gyote instituti, Britaniya Kengashi, O‘zbekistondagi AQSH, Janubiy Koreya, Isroil, Ozarbayjon elchixonalari vakillari ishtirokida "INFOLIB-2014” axborot-kutubxona haftaligida qator tadbirlar o‘tkazildi.

2014 yil dekabr oyida Koreya Milliy kutubxonasi va O‘zbekistondagi Koreya elchixonalari ko‘magida O‘zbekiston Milliy kutubxonasini yangi o‘quv zali va Koreya tarixi, madaniyati, san'ati va koreys tili bo‘yicha axborot resurslari bilan boyitgan  “Koreyaga yo‘l” loyihasi amalga oshdi.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar