Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Konferensiya va seminarlar
Ilmiy ma’lumotlardan foydalanish va nashr ettirish faolligi

Milliy ilmiy-ta’limiy forum
TASHKILOTCHILAR: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni muvofiqlashtirish ko‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi.

“Central Asia – 2016”


Konferensiyaning maqsadi
  fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot resurslarni rivojlantirish va qo‘llashda axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar faoliyatining amaliy natija beradigan va samarali hamkorligini kuchaytirish. 

“INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi dasturi
“Jahon ilmiy-ta’lim axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati va ulardan fan va ta’limda samarali foydalanishni tashkil etish” ilmiy-amaliy konferentsiyasi


2015 yil 8 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Jahon ilmiy-ta’lim axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati va ulardan fan va ta’limda samarali foydalanishni tashkil etish” mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferentsiya bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy-amaliy konferentsiyaning maqsadi – jahon ilmiy-ta’lim axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash asosida ularning O‘zbekiston Respublikasidagi fan-ta’lim va axborot-kutubxona muassasalarida  ilmiy tadqiqotlar axborot ta’minoti tizimini takomillashtirishda dolzarb masalalarni hal etish.    

“Central Asia – 2015”


Konferensiyani o‘tkazishning asosi — O‘zbekiston Respubliksi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 fevraldagi 56-f-son farmoyishi va  va ushbu farmoyish bilan tasdiqlangan “2015 yilda O‘zbekiston Respublikasida o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy  va ilmiy-texnik konferensiyalar rejasi” (1-ilova, 25-band).
Ishtirokchilar soni  — 267 nafar ishtirokchilar va 30 nafardan ortiq taklif etilganlar.
Ishtirokchi mamlakatlar — O‘zbekiston, Ozarbayjon, Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ummon, Rossiya, Turkiya, Ukraina, AQSh, Chexiya.

“INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 27-31 oktyabr kunlari “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligini o‘tkazadi. Haftalikni o‘tkazishdan asosiy maqsad - yoshlarning axborotga ega bo‘lish intilish va qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ularni yangi nashr qilingan ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma'rifiy, o‘quv va badiiy adabiyotlar bilan batafsil tanishtirishdan iborat.
Milliy axborot-kutubxona haftaligining bosh maqsadi - mutolaani yanada kuchaytirish va targ‘ib qilish, axborot madaniyati darajasini ko‘tarish, Internet tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirishga va axborot-kutubxona xizmati imkoniyatini oshirishga hissa qo‘shish.

Central Asia-2014

2014 yil 23-25 aprel kunlari Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan “Internet va axborot-kutubxona resurslaridan fan, ta'lim, madaniyat va biznes sohalarida foydalanish - Central Asia-2014» VIII Xalqaro konferensiyasida O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan, AQSH, Germaniya, Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Kanada kabi mamlakatlardan 230 nafar ishtirokchi hamda 70 nafar Axborot-resurs markazlari rahbar va xodimlari, arxiv mutaxassislari, shuningdek teatr xodimlari, davlat arboblari, ekspert va olimlar ishtirok etdi.

«Central Asia - 2013»

 

Konferensiyaning umumiy yig‘ilishi.
Seksiya 1. Axborot-kutubxona faoliyatining qonunchilik va me'yoriy hujjatlar bazasi. Mualliflik huquqi va intellektual mulk.
Seksiya 2. Fan rivojlanishida axborot-kutubxona resurslarining o‘rni va mohiyati. Dissertatsiyalardan erkin foydalanish.
Seksiya 3. Ta'lim sohasida axborot-kutubxona resurslari. Axborot-kutubxona markazlarining vazifalari.
Seksiya 4. Madaniyat va san'at sohasini rivojlantirishda yagona axborot maydoni. Axborot-kutubxona muassasalari, nashriyotlar, arxiv va muzeylarning o‘zaro hamkorligi.

 

Milliy axborot-kutubxona haftaligi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 29 oktyabrdan 2 noyabrga qadar Milliy axborot-kutubxona haftaligini o‘tkazadi. Undan asosiy maqsad – yoshlarning axborotga ega bo‘lish intilish va qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ularni yangi nashr qilingan ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma'rifiy, o‘quv va badiiy adabiyotlar bilan batafsil tanishtirishdan iborat.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar