Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
15.03.2013Ma'lumot
«FAN, TA'LIM, MADANIYAT VA BIZNESDA AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARI»
«Central Asia - 2013»
7-Xalqaro konferensiya 
 
22-26 aprel 2013 yil Toshkent sh.
 
Konferensiya maqsadi - fan, ta'lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot resurslarini qo‘llash va rivojlantirishda axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar o‘rtasida ta'sirchan hamda samarali hamkorlikni faollashtirish.
 
Konferensiya:
Elektron axborot resurslarini shakllantirish, kutubxona tizimlarini yaratish hamda axborot-kutubxona muassasalari, arxivlar, muzeylarda ulardan foydalanish muammolari bo‘yicha samarali tajriba almashishga ko‘maklashish;
Axborot-kutubxona resurslaridan (avvalo, elektron resurslardan) birgalikda foydalanuvchi ijodiy birlashmalar - konsorsiumlar yaratishga, axborot-kutubxonachilik ishida yangi axborot texnologiyalarini o‘rgatish bo‘yicha o‘quv markazlarini tashkil qilish va ularning ishini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;
kutubxonalar, ilmiy va ta'limiy muassasalarning elektron ma'lumotlar bazalari va Internet imkoniyatlaridan kengroq foydalanish, ularga erkin kirishni ta'minlash hamda ularni mazmunan boyitishga qaratilgan harakatlarni faollashtirishga da'vat etish.
 
O‘tkazilish joyi: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri
Anjuman o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.
 
Tashkiliy qo‘mita: 
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi axborot tizimlari va telekommunikatsiya masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti
Aloqa, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari bo‘yicha qo‘mitasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalar rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi
Madaniyat va sport ishlari vazirligi
Xalq ta'limi vazirligi
Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi
Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta'lim Markazi
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
«Uzarxiv» agentligi
O‘zbekiston Matbuot va aloqa agentligi
Fanlar akademiyasi
Intellektual mulk agentligi
Savdo-sanoat palatasi
O‘zbekiston rassomlar akademiyasi
O‘zbekiston Kompozitorlar uyushmasi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi  
 
Axborot ko‘makchisi: O‘zbekiston Respublikasi OAV, vebsaytlar: www.natlib.uz, www.uforum.uz 
 
Konferensiyaning asosiy sho‘'balari:
1-SHo‘'ba. Axborot-kutubxona faoliyatining qonunchilik va me'yoriy hujjatlar bazasi. Mualliflik huquqi va intellektual mulk.
2-SHo‘'ba. Fan rivojlanishida axborot-kutubxona resurslarining o‘rni va mohiyati. Erkin foydalanish. Dissertatsiyalar.
3-SHo‘'ba. Ta'lim sohasida axborot-kutubxona resurslari.
4-SHo‘'ba. Madaniyat va san'at sohasini rivojlantirishda yagona axborot maydoni. Axborot-kutubxona muassasalari, nashriyotlar, arxivlar va muzeylarning o‘zaro hamkorligi.
5-SHo‘'ba. Biznes sohasida axborot-kutubxona resurslari: innovatsiya, hamkorlik va kooperatsiya.
 
Muzokarali davra suhbatlari
1. “Elektron kutubxonalar va elektron resurslar. Onlayn texnologiyasi, elektron nashrlar va internet”
2. “Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi va axborot texnologiyalari”
 
Seminarlar
1. “Raqamlashtirilgan axborotni saqlash” 
 
Taqdimotlar
(Yetakchi firmalar, nashriyotlar, xalqaro tashkilotlar)
Konferensiya dasturi arizalar kelib tushishidan kelib chiqqan xolda to‘ldirib boriladi.
Konferensiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish badali to‘lanmaydi.
Konferensiyada ishtirok etish, ko‘rgazmalarga tashrif buyurish, tamaddi qilish (tushlik, kofe-breyk), konferensiyaning ma'ruzalar to‘plami va axborot materiallari, konferensiya ochilish va yopilish marosimlarida hamda banketda qatnashish, shuningdek madaniy tadbirlarda ishtirok etish - tashkilotchilar hisobidan amalga oshiriladi.  
Mehmonxonada yashash, shuningdek transport xarajatlari (Toshkentga kelish va qaytish) - ishtirokchilar hisobidan amalga oshiriladi.  
 
 

 

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar