Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Central Asia-2014

 2014 yil 23-25 aprel kunlari Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan “Internet va axborot-kutubxona resurslaridan fan, ta'lim, madaniyat va biznes sohalarida foydalanish - Central Asia-2014» 

VIII Xalqaro konferensiyasi 
YAKUNI
2014 yil 23-25 aprel kunlari Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan “Internet va axborot-kutubxona resurslaridan fan, ta'lim, madaniyat va biznes sohalarida foydalanish - Central Asia-2014» VIII Xalqaro konferensiyasida O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan, AQSH, Germaniya, Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Kanada kabi mamlakatlardan 230 nafar ishtirokchi hamda 70 nafar Axborot-resurs markazlari rahbar va xodimlari, arxiv mutaxassislari, shuningdek teatr xodimlari, davlat arboblari, ekspert va olimlar ishtirok etdi.
Mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari Qo‘mitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat Qo‘mitasi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Madaniyat va sport ishlari, Xalq ta'limi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklari, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti hamda boshqa qator idora va tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.
Axborot ko‘makchi: O‘zbekiston Respublikasi OAV, Kutubxona.uz jurnali
vebsayt: www.natlib.uz, 
Mazkur xalqaro konferensiya axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlarning turli sohalarda elektron axborot resurslarini rivojlantirish va qo‘llash bo‘yicha amaliy hamda samarali hamkorlik borasidagi faoliyatini kuchaytirishga, bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi. 
Konferensiyaning yalpi majlisi, 4 ta seksiya hamda  davra- suxbatlarida jami 86 ta ma'ruzalar tinglandi.
23 aprel kuni Mulla Tuychi Toshmuhamedov nomidagi Qarshi viloyat musiqa va drama  teatrida “Central Asia-2014” VIII xalqaro anjumani umumiy yig‘ilishining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi. Yalpi majlisda  xorijdan  tashrif buyurgan ishtirokchilar  va O‘zbekistondagi  xalqaro tashkilot vakillari  o‘z taqdimotlari,  ma'ruzalari bilan qatnashdilar. 
Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasidagi axborot-kutubxona faoliyatining holati va rivojlanishi, Germaniya kutubxonachilik assotsiatsiyasi, Prezident kutubxonasi elektron resurslari Germaniyada kutubxonachilik uyushmalari: tarix va zamonaviy vaziyat, Qo‘shma Shtatlar Kongressining  yuridik kutubxonasi Ixtisoslashtirilgan huquqiy ma'lumotlar to‘plamiga kirishning o‘ziga xos muammolari, harakatlar va ta'minlanishi, Qozog‘iston Milliy kutubxonasi - Qozog‘iston tadqiqotchilariga yordami,  O‘zbekiston Milliy kutubxonasining loyihaviy faoliyati kabi masalari ko‘rib chiqildi. 
1-seksiyada “Axborot - kutubxona faoliyatining qonunchilik va me'yoriy hujjatlar bazasi, mualliflik huquqi va intelektual mulk yo‘nalishlari” bo‘yicha Axborot-kutubxona faoliyatining huquqiy asoslari: dolzarb vazifalar ijrosi va takomillashtirish, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tizimidagi hududiy axborot-kutubxona markazlari va Respublika axborot-kutubxona markazi faoliyatining rivojlanishi, O‘zbekistonda qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatli nashrlar saqlanishini ta'minlashning huquqiy asoslari, Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi axborot-kutubxona muassasalarining innovatsion rivojlanishi: muammolar va ularni hal qilish yo‘llari, monitoring natijalariga ko‘ra respublikadagi axborot-kutubxona muassasalaridagi muammolar, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi ba'zi muammolar, axborot-kutubxona muassasalaridagi axborot-kutubxona resurslarini yagona hisobga olish tizimi, Respublika axborot-kutubxona muassasalari hamkorligining istiqbollari, UZMARC kommunikativ mashini o‘qiydigan format - kataloglashtirishning yagona talablari, hududlarda namunaviy axborot-kutubxona muassasalarini tashkil etish masalalari mavzusidagi 10 ta  ma'ruza va taqdimotlar tinglandi. 
Seksiya ishiga O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a'zosi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati X. Karimova moderatorlik qildi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari U. Teshabayevaning «Monitoring natijalariga ko‘ra respublikadagi axborot-kutubxona muassasalaridagi muammolar» va Milliy kutubxona  xizmat rahbari  N. Xoldorovaning «Axborot-kutubxona muassasalaridagi axborot-kutubxona resurslarini yagona hisobga olish tizimi» mavzusidagi chiqishlari seksiyaning eng yaxshi ma'ruzalari deb topildi. 
2-seksiya “Axborot-kutubxona faoliyatining fan va texnika taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati”  yo‘nalishida  o‘z ishini olib bordi va 17 ta ma'ruzalar tinglandi. Unda fanning rivojlanishida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi asosiy kutubxonasining roli va zamonaviy holati, axborot-resurs markazlari tizimida interfaol xizmatlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari, axborot-kutubxona muassasalarini kompleks avtomatlashtirish masalalari, axborot-kutubxona tizimida interaktiv xizmatlarining rivojlantirish kabi masalalari muhokama qilindi. 
Seksiyaga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi asosiy kutubxonasi direktori Z. Berdiyeva moderatorlik qildi. 
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori  M.Raxmatullayevning «Axborot-kutubxona muassasalarini kompleks avtomatlashtirish masalalari» va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi xizmat rahbari Sh.Rahimovaning «O‘zbekistonda davlat bibliografiyasini yuritish: vazifa va ustivor yo‘nalishlari»  mavzusidagi chiqishlari seksiyaning eng yaxshi ma'ruzalari deb topildi. 
3-seksiyada «Axborot-kutubxona resurslari ta'limda. Axborot-resurs markazlarining vazifalari” yo‘nalishi bo‘yicha 15 ta ma'ruzalar tinglandi. Seksiyada axborot-kutubxona resurslarini taqdim etishda tadqiqot metodlarining shakllari va bilimlarni idrok qilishda ularning roli, axborot-kutubxonachilik xizmatida multimedia resurslarini tatbiq etish, Toshkentdagi Gyote instituti «Axborot va kutubxona» bo‘limi loyihalari va ijtimoiy-madaniy tadbirlarni o‘tkazish, O‘zbekiston milliy kutubxonasi multimedia ma'lumotlar bazasi resurslarini ta'lim jarayonida qo‘llashning samaradorligi kabi ma'ruzalari tinglandi va ko‘rib chiqildi.
Seksiyaga Toshkent axborot-texnologiyalari “Axborot-kutubxonachilik tizimlari” kafedrasi mudiri B.G‘aniyeva moderatorlik qildi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti axborot-resurs markazi kutubxonachisi N.Bendikning “Toshkent pediatriya tibbiyot institutida axborot-kutubxona faoliyati oldidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish maqsadida bajarilgan ishlar” va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali o‘quv-metodik bo‘limi mudiri O.Rahimovning “Elektron ta'lim resurslarini yaratish talablari va texnologiyasi” mavzusidagi chiqishlari seksiyaning eng yaxshi ma'ruzalari deb topildi.
4-seksiyada “Madaniyat va san'at sohasida yagona axborot makoni. Axborot-kutubxona muassasalarining nashriyot, arxiv va muzeylar bilan o‘zaro hamkorligi” yo‘nalishi bo‘yicha 15 ta ma'ruzalar tinglandi. Ishtirokchilar ko‘zi ojizlar kutubxonalari tizimi xolati: hozirgi va istiqboldagi rivojlanish yo‘llari, Rossiya Davlat ko‘zi ojizlar kutubxonasida foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishning yangi shakllari, arxiv ishini rivojlantirish, yangi zamonaviy texnologiyalarini arxiv sohasiga tatbiq etilishi mavzusidagi ma'ruzalar tinglandi va muhokama etildi.
Seksiyaga Markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasi direktori G. Berdimbetova moderatorlik qildi. 
Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivi sho‘'ba mudiri N. Zuhriddinovning «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi veb-sayti orqali ilmiy-texnikaviy va tibbiyotga oid hujjatlarni interaktiv onlayn xizmatlari orqali taqdim etish masalalari» va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi xizmat rahbari O.Xamidovaning «Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirishda axborot-kutubxona muassasalarining o‘rni (O‘zbekiston Milliy kutubxonasi misolida)» mavzusidagi chiqishlari seksiyaning eng yaxshi ma'ruzalari deb topildi.

Davra suhbatlari va seminarlar
Xalqaro anjumanda “Axborot-kutubxona muassasalarida bolalar va yoshlarni mutolaaga jalb qilishning yangi yo‘nalishlari” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
 Hozirgi sharoitda axborot - kutubxona muassasalarida bolalar mutolaasi muammolari, bolalar bilan ishlashda ularni o‘qishga qiziqtirishning yangi ijtimoiy - madaniy yo‘nalishlari, mutolaa madaniyati har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirishning faktori sifatida, mutolaa madaniyatini shakllantirishda axborot - kutubxona muassasalari faoliyati” to‘g‘risida savol-javob va ma'ruzalar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. 
 “Central Asia-2014” Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda internet va kutubxona-axborot resurslari” VIII Xalqaro konferensiyasi  doirasida «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida» gi Qonunni amalga oshirish: ustivor vazifalar» mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi A.Djuraboyev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a'zosi, deputat X.Karimovalar moderatorligida, mamlakatimizda Axborot-kutubxona faoliyatida olib borilayotgan islohatlar, Respublikaning barcha axborot-resurs markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish funksiyasini amalga oshirish, aholini axborot-kutubxona bilan ta'minlash darajasini oshirish va doimiy takomillashtirishni inobatga olgan holda ularni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi. 
«Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi Axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi, 6-moddasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi vakolatlari, 15-moddasi Axborot-kutubxona muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, 18-moddasi Axborot-kutubxona fondini hisobga olish, ishlovdan o‘tkazish, joylashtirish, saqlash va undan foydalanish, 21-moddasi Jismoniy imkoniyatlari cheklangan foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish kabilarga alohida urg‘u berildi va qizg‘in muhokama qilindi. 
“Alohida qimmatga ega nashrlar va qo‘lyozmalarni saqlash, konservatsiya va restavratsiya”si masalalari bo‘yicha ARM rahbar va xodimlari, muzey va arxiv mutaxassislari, nodir nashrlarga ega barcha tashkilotlar uchun semenar-trening o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga AQSHda nodir nashrlarni konservatsiya va restavratsiya ishlari texnologiyasi va ba'zi zarar yetkazilgan nashrlarni ta'mirlash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Konferensiya doirasida nashriyotlarning ko‘rgazmalari tashkil qilindi.

VIII Xalqaro konferensiya materiallar to‘plami

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar