Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
26 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Tatar madaniyat markazi bilan hamkorlikda Abdulla To‘qayning ijodiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi
26 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Tatar madaniyat markazi  bilan hamkorlikda Abdulla  To‘qayning ijodiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Kechada Tatariston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan  madaniyat xodimi R.Ya. Mannyapova, Toshkent shahar Tatar jamoatchilik madaniyati markazining  Sergeli, Ulugbek, Xamza, Yakkasaray tuman  filiallari, shoira F.Zamanova, N.Xanim, Milliy kutubxonaning xizmati rahbari M.I. Matmurodova, Tatar xalqi yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbirda Abdulla To‘qayning hayoti va ijodi, uning asarlari va adabiyotga qo‘shgan ulkan xissasi to‘g‘risida gapirildi va fikrlar bildirildi. Abdulla To‘qayning she'rlari va uning she'rlariga bastalangan qo‘shiqlar yangradi. 
“O’zbekiston-Rossiya” do’stlik jamiyati Tatariston Respublikasi Milliy kutubxonasi direktori N.E. Kambeyev nomidan O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga  salom xati taqdim etildi. 
Atoqli tatar shoiri Abdulla To‘qay (Abdulla Muhammadg‘orifovich To‘qayev) 1886- yil 26 aprel kuni  Qozon gubernasiga qarashli Qushlauch qishlog‘ida tug‘ildi. Abdulla To‘qay Uralsk shahridagi madrasada o‘qidi. Sharq tillarini o‘rgandi va rus va sharq adabiyoti bilan yaqindan tanishdi.
Abdulla To‘qay xalqni yaxshi tushinar edi. Nochorlikni, qorong‘ulikni, och qolayotgan xalqni, ayollarga nisbatan ishlatilgan noxaqsizlikni ko‘rgan. Abdulla To‘qay o‘z ijodini 1905 yildan boshlagan. Ijodining ilk davrida yaratilgan «Ozodlik haqida», «Tekinxo‘rlarga” she'rlarida xalq manfaatini kuylash, ozodlik uchun kurashga da'vat etish g‘oyasi kuchlidir.



























Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar