Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2014 yil 17 - 20 mart holatiga ko‘ra 95 nusxa gazeta; 4 nusxa jurnal; jami 468 bibliografik yozuv kiritildi. 366 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda - 92 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 89 ta va bolalar adabiyoti uchun 3 ta) berildi. 54 ta kattalar adabiyoti va 3 ta bolalar adabiyoti uchun 20 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.