Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O’zbekiston milliy kutubxonasida Mirzo Ulug’bekning 620 yilligi munosabati bilan “Mirzo Ulug‘bek - yulduzlar kashfiyotchisi” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etildi.
“Tafakkur” o‘quv zalida o’z davrining  buyuk olimi, mashhur matematik va astronom, Movoraunnahr hukmdori Amir Temurning nabirasi, taniqli davlat arbobi Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug’bek Ko’ragonning 620 yilligi munosabati bilan “Mirzo Ulug‘bek - yulduzlar kashfiyotchisi” nomli kitob - rasmli ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmada 1424 - 1428 - yillar mobaynida Samarqand shahri yaqinidagi Obirahmat anhori bo’yidagi Ulug’bek rasadxonasi haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lasiz. Ulugʻbek ilm-fan olamida buyuk astronom sifatida mashhur. Bu borada u amalga oshirgan eng buyuk ish” Ziji jadidi Koʻragoniy “ deb nomlangan astronomik jadval sanaladi. Bu borada olib borgan ishlari haqida kengroq ma’lumotga ega bo’lasiz. Ushbu ko’rgazmadagi kitoblardan Mirzo Ulug’bek hayoti, ijodi, rasadxonasi va fanga qo’shgan hissasi haqida  ma’lumot olasiz. 
 
Ko’rgazmamizga marhamat!






 

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar