Foydali resurslar
Kim kutubxonaga a'zo bo‘lishi mumkin?
14 yoshga to‘lgan xar bir fuqaro.
Yosh bolalarni kutubxonaga a'zo qilsa bo‘ladimi?
Yo‘q, kutubxonaga 14-16 yoshdan boshlab, tug‘ilganlik haqida ma'lumoti(pasport) asosida a'zo bo‘lishlari mumkin.
Toshkent propiskasidan ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolarga kutubxonaga a'zo bo‘lish mumkinmi?
Mumkin, shaxsini tasdiqlovchi xujjat (pasport) asosida
Chet el fuqarosiga yoki fuqaroligi bo‘lmaganlar kutubxonaga a'zo bo‘lishi mumkinmi?
Mumkin , shaxsini tasdiqlovchi xujjat, pasport asosida.
Qanday xujjatlar asosida kutubxonaga yozilish mumkin?
Shaxsini tasdiqlovchi xujjat, pasport.
A'zo bo‘layotganda maqsadga muvofiq yana:
O‘quvchilik guvohnomasi - o‘rta masxsus o‘quv muassasa o‘quvchilari.
Talabalik guvohnomasi - oliy o‘quq muassasa talabalariga.
ID karta necha so‘m turadi?
ID karta narxi 5000 so‘m.
ID kartani ekspluatatsiya qilish muddati qancha?
To‘g‘ri foydalanilsa ID kartani epspluatatsiya qilish muddati 3 yil.
ID kartani yo‘qotsa kimga murojat qilish kerak?
ID karta yo‘qotgan taqdiringizda birinchi bo‘lib qiladigan ishingiz kechiktirmasdan registratsiya xizmatini yoki kitob berish xizmatini shaxsan o‘zingiz yoki telefon + 998 71 232 83 92 orqali ogoxlantirishingiz kerak.
A'zolik bileti (ID-karta) yo‘qotilgan va shikast yetkazilgan holatda uni tiklash uchun foydalanuvchi tomonidan Milliy kutubxona rahbari nomiga ariza yoziladi. Ariza qondirilgan holatda yo‘qotilgan a'zolik bileti uchun qaytadan ikki barobar, shikast yetkazilgan a'zolik bileti uchun bir barobar to‘lov amalga oshiriladi.
Kutubxonaga yosh bola bilan kirsa bo‘ladimi?
Kutubxonadan foydalanish qoidasi bo‘yicha barcha 14 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolarga pasport asosida xizmat ko‘rsatiladi, 3 yoshdan 8 yoshgacha bolalar xonasi xizmat ko‘rsatadi. Ma'lumot olish uchun telefon: 232 83 82
Bitta ID karta bilan ikkita foydalanuvchi kirish mumkinmi?
Yo‘q. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining qoidasiga binoan bitta ID karta bilan ikkita foydalanuvchi kirishi yoki boshqa shaxsga ID kartani berish qat'iyan ma'n etiladi.
Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo‘lmasa bir marotabali ID karta olish mumkinmi ?
Yo‘q , kutubxonada bir marotabali ID karta ishlatilmaydi.
Kutubxona ish tartibi qanday?
Kutubxona foydalanuvchilariga quyidagi tartibda xizmat ko‘rsatadi:
Har kuni:
dushanbadan -jumagacha: 9.00 dan 20.00 gacha;
shanba, yakshanba: 9.00 dan 17.00 gacha.
Davlat bayramlari arafasida - O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq,
kutubxona direktori tomonidan tasdiqlangan grafik bo‘yicha ishlaydi:
- Kitobxonlarni ro‘yxatga olish: 9.00-18.00, shanba, yakshanba: 9.00- 15.00;
- “Tafakkur” katta o‘quv zali: 9.00-20.00, shanba, yakshanba: 9.00- 17.00;
- “Istiqbol”yoshlar va talabalar zali: 9.00-20.00, shanba, yakshanba: 9.00 - 17.00;
- “Kashfiyot” ilmiy o‘quv zali: 9.00-18.00, shanba, yakshanba: 9.00 - 17.00;
- “Nodir” qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar o‘quv zali: 9.00-18.00, shanba: 9.00-17.00, yakshanba dam olish kuni;
- “Jahon” xorijiy adabiyotlar o‘quv zali: 9.00-18.00, shanba: 9.00- 17.00, yakshanba dam olish kuni;
- Ilmiy texnikaviy adabiyotlar o‘quv zali: 9.00-18.00, shanba, yakshanba: dam olish kuni;
- “O‘zbekiston” milliy adabiyotlar va davlat tarixi o‘quv zali: 9.00-20.00, shanba, yakshanba: 9.00 - 17.00;
- Ma'lumot axborot o‘quv zali, katalog va kartotekalar, elektron katalog: 9.00-19.00, shanba, yakshanba: 9.00 - 17.00;
- Virtual ma'lumot xizmati: 9.00-19.00, shanba, yakshanba: 9.00- 17.00;
Maxsus o‘quv zallari:
- “Adolat” huquqiy axborot o‘quq zali: 9.00-20.00, shanba, yakshanba: 9.00 - 17.00;
- “Ijod” nota-musiqa nashrlar zali: 9.00-20.00, shanba, yakshanba: dam olish kuni;
- “Ilm” dissertatsiyalar o‘quv zali: 9.00-20.00, shanba, yakshanba: 9.00 - 17.00;
- “Media-markaz” media va internet markazi: 9.00-20.00, shanba, yakshanba: dam olish kuni;
- Elektron kutubxona: 9.00-20.00, shanba, yakshanba: dam olish kuni;
- Imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar o‘quv zali: 9.00-20.00, shanba, yakshanba: dam olish kuni;
- Kutubxonalaro abonement va xujjatlarni elektron yetkazish: 9.00-18.00, shanba, yakshanba: dam olish kuni;
- Kitob muzeyi: 10.00 - 15.00, shanba va yakshanba: 11.00-15.00;
- Bolalar xonasi: 10.00-16.00, shanba va yakshanba dam olish kuni;
- Ko‘rgazma zali: 10.00-16.00, shanba va yakshanba: 10.00-16.00;
- Kinomarkaz: 10.00-16.00, shanba va yakshanba: 10.00-16.00;
Kutubxona davlat bayramlari kunlarida va sanitariya kunlarida (har oyning oxirgi kuni) ishlamaydi.
Istesno hollarda (davlat miqyosidagi tadbirlar o‘tkazilishi munosabati bilan) Kutubxona ish tartibiga o‘zgartirish kiritish mumkin. Bu to‘g‘risida foydalanuvchilarga kutubxonaning axborot stendlari orqali xabar beriladi.
Foydalanuvchilarga virtual xizmat ko‘rsatish kutubxonaning internet-portali
Kutubxonani ekskursiya qilish uchun nima qilish kerak?
Ekskursiyaga keluvchilar oldindan xat orqali murojaat etishllari va xatda keluvchilar ro‘yxati berilishi kerak. Murojaat uchun telefon: 232 83 92
Qanday qilib shu kutubxona fondida aniq bir nashr bor yo‘qligini bilish mumkin?
Ma'lumotnoma axborot xizmatlari ko‘rsatish xizmati xodimlariga yoki telefon 232-83-94 orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Ma'lumot axborot o‘quv zalida katalog va kartatekalar orqali o‘zingiz qidirishingiz mumkin. (2 qavat); Elektron katalog orqali ham qidirib bilish mumkin.
Kutubxonada uyda foydalanish uchun adabiyot beriladimi?
Foydalanuvchilarga adabiyot faqat kutubxona zallarida foydalanish uchun beriladi.
Kutubxonada elektron nusxada kitoblar bormi?
Xozirgi vaqtda kutubxona fondida raqamlashtirish ishlari olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamma yozgan kitoblarining elektron nusxasi mavjud. Shu qatorda huquqiy ma'lumot xujjatlari, o‘zbek klassik adabiyoti, nodir kitoblar kolleksiyasi mavjud.
Qanday muddatga kitob buyurtma qilish mumkin “Bugungi bugunga” mi?
Kitob buyurtma qilish kutubxona yopilishiga bir soat qolganda to‘xtatiladi, lekin keyingi kunga kitob buyurtma qilish kutubxona yopilishigacha mumkin.
Qanday muddatda buyurtirilgan adabiyotni olish mumkin?
Buyurtirilgan adabiyotni 15-20 daqiqada olish mumkin.
Kutubxona sayti yoki telefon orqali kitobga buyurtma bersa bo‘ladimi?
Ha mumkin, (http//www.natlib.uz) kutubxona internet portali (elektron katalog) orqali.
Telefon orqali buyurtma qabul qilinmaydi.
Kutubxona kitobini rasmga olsa bo‘ladimi?
Yo‘q. Ayrim hollarda kutubxona rahbarlari ruhsati bilan Skanerlash markazi amalga oshirishi mumkin.
Kutubxona xududiga fotoapparat bilan kirish mumkinmi?
Fotoapparat bilan kirish man etiladi.
Kutubxona binosiga shaxsiy kitoblar bilan kirsa bo‘ladimi?
Kutubxona binosiga shaxsiy adabiyotlar (kitob,gazeta, jurnal o‘quv-metodik materiallar,rasmli xujjatlar, notalar) bilan kirish mumkin.
Shaxsiy elektron xujjatni kutubxonada qog‘ozga chiqarib olish mumkinmi?
Shaxsiy elektron xujjatni kutubxonaning media markazida (pullik xizmat asosida) qog‘ozga chiqarib olishingiz mumkin.
Kutubxonada noutbukdan foydalanish mumkinmi?
Mumkin.
Internet xizmatidan qanday foydalansa bo‘ladi?
O‘quv zallarida internet xizmatidan (45 daqiqa tekin), shuningdek Media va internet markazida (to‘lov preyskrant asosida amalga oshiriladi).
Kutubxonada internetga wi-fi orqali ulansa bo‘ladimi?
Ha. Internetga wi-fi orqali ulansa bo‘ladi.
Kutubxonada oq qora, rangli kserokopiya, xujjatlarni skanerlash mumkinmi?
Ha. (to‘lov preyskurant asosida)
O‘zbekiston Respublikasida ximoya qilingan dissertatsiyalarning nusxalarini olish mumkinmi?
O‘zR. dissertatsiyasini 15% ni olsa bo‘ladi, faqat qog‘ozga chiqarish yo‘li bilan. Qo‘l yozmali dissertatsiyalarni kitobxon buyurtmasi oldindan ogohlantirgan holda nusxa olish skanerlash yo‘li bilan amalga oshiriladi
Dissetatsiya zalidan foydalanish uchun qanday hujjatlar kerak bo‘ladi?
“Ilm” dissertatsiyalar zalidan foydalanish uchun o‘qish yoki ish joyidan rahbar tomonidan imzolangan pechat bilan tasdiqlangan mahsus blanka to‘ldirilib olib kelinadi. Amal qilish muddati 1 yil.
O‘zbekistonda chiqadigan qonun, farmon, huquqiy hujjatlarni qachon va qayerda qidirsa bo‘ladi?
Kutubxonaning “Adolat” o‘quv zalida shaxsan o‘zingiz kutubxonaga kelgan holda, yoki internetda Lex.uz sayti orqali qidirishingiz mumkin?
Kutubxonada qanday pullik xizmatlar bor?
Nusxa ko‘chirish, skanerlash, fayl raspechatkasi, ma'lum bir soha bo‘yicha bibliografik ma'lumot yig‘ish, bibliografik ro‘yxat tuzish, elektron shakldan fleshkaga nusxa olish (to‘lov preyskurant asosida)
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qayerda joylashgan?
Toshkent shahar Alisher Navoiy ko‘chasi 1, “Ma'rifat markazi” binosi 100017 kutubxona indeksi.
Kutubxonaning internet portali qanday?
www.natlib.uz
Katalog bo‘yicha qidirib topgan adabiyotimni qaysi joydan olaman?
Kutubxonaga a'zo bo‘lganingizda sizning ID kartangizda kitob oladigan kafedrangiz ko‘rsatiladi.
Bir marotaba buyurtma berganda nechtagacha kitobga buyurtma bersa bo‘ladi?
Har bir foydalanuvchi asosiy fonddan 10 tagacha kitob buyurtma qilsa bo‘ladi. Agar siz undan kup buyurtma bermoqchi bo‘lsangiz, avval buyurtma bergan 10 ta kitobingizni qaytarib keyingilarini buyurtma bersangiz bo‘ladi.(keyinroq ishlatish uchun bron qilish polkasida 10 tagacha kitob qoldirsa bo‘ladi).
Men qidirgan adabiyot, maqola yoki xujjat kutubxonada bo‘lmasa nima qilishim kerak?
Kutubxonalaro abonement va xujjatlarni elektron yetkazish xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin.
Qaysi mavzulardagi adabiyotlarni kutubxonada qidirsa bo‘ladi?
Kutubxona fondida unversal,fan va texnikaga oid va barcha sohalar bo‘yicha nashrlar bor.
Qanday nodir va noyob nashrlar kutubxonada mavjud?
XVI-XX asrlarda chop etilgan nashrlar. Bular qo‘lyozmalar, sharq litografiyasi, birinchi Turkistonda chop etilgan jurnal va gazetalari, sharqshunoslar monografiyasi va ilmiy ishlari. Jami qo‘lyozmalar xizmatida, 16 ming noyob va alohida qimmatga ega nashrlar mavjud. XIX- asr boshi XX asr qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar fondi 200 mingdan ortiq.
Kutubxona qaysi chet el mamlakatlari kutubxonalari bilan axborot aloqalari o‘rnatgan?
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi quyidagi chet el milliy kutubxonalari - Polsha, AQSH, Yegipet, Eron, Latviya, Litva, MDH davlatlari va boshqa davlatlar bilan faol ma'lumot almashadi.
Elektron katolog bo‘yicha qidirgan ma'lumotni qanday topsa bo‘ladi?
Foydalanuvchi adabiyot qidiruvini avtor, kitob nomi, kalit so‘zi bilan qidirish mumkin.
Elektron formatda qanday o‘zbek shoirlari, klassik yozuvchilarining asarlarilari mavjud?
Buyuk o‘zbek klassik yozuvchisi Alisher Navoiyning to‘liq elektron asarlarini olishingiz mumkin.
Kutubxona foydalanuvchisi bo‘lib elektron katolog va internetdan foydalana olmasa kimga murojaat etadi?
Foydalanuvchilarni elektron katalog va bazasi bilan tanishtirish va o‘rgatish kutubxona xodimlarining ish vazifasiga kiradi.
Kutubxonada gazeta o‘qisa bo‘ladimi?
Ha. Kutubxonada O‘zbekistonda chop eiladigan barcha har kunlik va har xaftalik gazetalar hamda Rossiyaning bosma xolidagi gazetalarini o‘quv zallarida olib o‘qishingiz mumkin?