Foydali resurslar
Hurmatli foydalanuvchi!
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga xush kelibsiz!
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi - umumdavlat universsal axborot-kutubxona muassasasi bo‘lib, milliy va jahon madaniyati, fani va ta'limini targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil qiladi va amalga oshiradi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi:
- axborot-kutubxona faoliyati soxasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqishda va tadbiq etishda;
- axborot-kutubxona fodini shakllantiradi, uning saqlanishini ta'minlaydi va foydalanuvchilarga milliy va xorijiy nashrlarning to‘liq majmuasini taqdim etadi;
- O‘zbekiston Respublikasida chop etiladigan barcha nashrlarning, hamda dissertatsiyalarning bir nusxasini majburiy oladi;
- O‘zbekiston Respublikasida chop etiladigan barcha nashrlarning davlat bibliografik hisobini amalga oshiradi;
- elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;
- kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik va kitobshunoslik sohasida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik faoliyatni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;
- nodir va alohida qimmatga ega axborot-kutubxona resurslarini saqlash, konservatsiya qilish va tiklash ishlarini amalga;
- jamlovchi elektron katalogni shakllantiradi va olib boradi;
- axborot-kutubxona resurslaridan o‘zaro foydalanish uchun sharoitlar yaratadi;
- boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikda ishlaydi.