Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ICTEXPO – 2012 ko‘rgazmasida

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ICTEXPO – 2012 ko‘rgazmasi doirasida quydagi aksiyalarni o‘tkazadi:

1) "Imtiyozli ro‘yxatdan o‘tish".  Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchi 14 yosh va undan kattalar ( albatta yonida tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, pasporti ) kutubxona  foydalanuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi va imtiyozli ID-kart egasi bo‘lishi imkoniga ega. ID-karta narhi 2000 so‘mni tashkil qilib, u ko‘rgazmaning keyingi kunida yoki kutubxonada ishtirokchiga taqdim etiladi. Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi Milliy kutubxonaning barcha resurslaridan foydalanishi mumkin. Shuningdek, buyurtmalarni ko‘rib chiqgan xolda masofadan turib Web-AIBS dasturi orqali rasmiylashtirishni amalga oshiradi.

2) "Kitobingni raqamlashtir".  Ko‘rgazmaning har bir ishtirokchisi  shaxsiy (10 donadan oshmagan xolda) kitoblarini elektron shaklga bepul o‘tkazishi mumkin. Bunda raqamlashtirilgan kitoblar kutubxonaning elektron resurslar zaxirasini to‘ldirish uchun olib kolinadi hamda milliy kontentni rivojlantirish va boyitishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuni nazarda tutish kerakki, raqamlashtirish jarayonida kitoblar quydagi:  so‘kish, raqamlashtirish, qayta ishlash va tikib qo‘yish kabi qayta ishlovdan o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Xush kelibsiz!

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar