Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Yevropa Ittifoqining Loyihasi “O‘zbekistonda Sud-huquq islohatlariga ko‘maklashish” seminari bo‘lib o‘tdi

2012 yil 6 sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Adolat” yuridik adabiyotlar o‘quv zalida Yevropa Ittifoqining Loyihasi “O‘zbekistonda Sud-huquq islohatlariga ko‘maklashish” mavzuida seminar o‘tkazildi va unda elektron kutubxonalarni tashkil qilishda mualliflik huquqi masalalari muhokama qilindi.
Seminarning maqsadi - elektron kutubxonalarni tashkil qilishda mualliflik huquqi bilan bog‘liq Yevropa Ittifoqi amaliyotini o‘rganish.
Seminar ishida Adliya Vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi  Tadqiqot markazi, Bosh prokuratura, Toshkent Davlat yuridik instituti va “Adolat” nashriyoti vakillar ishtirok etdi.
Seminarda xalqaro ekspertlar - yuridik adabiyotlarni nashr qiluvchi nemis nashriyotlari vakillari ma'ruzalar bilan qatnashdi. Germaniyada asosiy huquqiy onlayn-axborotni yetkazib beruvchilar obzori o‘tkazildi, huquqiy xujjatlarni nashr qilishda mualliflik huquqi masalalari ko‘rib chiqildi va ishtirokchilarga O‘zbekistonda huquqiy axborotlar elektron kutubxonasini tashkil qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
 

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar