Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 4 - 8 noyabr holatiga ko‘ra 70 nusxa gazeta; 14 nusxa jurnal; jami 650 bibliografik yozuv kiritildi; 250 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda 91 ta ISBN raqami (86 kattalar adabiyoti va 5 bolalar adabiyoti uchun) berildi. 52 ta kattalar adabiyoti va 4 ta bolalar adabiyoti uchun 20 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 3 ta davriy nashrga raqam berildi, 1 ta davriy nashrga hisob-kitob shartnomasi tuzildi.