Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida origami bo‘yicha mahorat maktabi bo‘lib o‘tdi
Milliy kutubxonada 30-oktabr kuni O‘zbek-Yaponiya markazi bilan hamkorlikda origami bo‘yicha mahorat maktabi bo‘lib o‘tdi. Origami - Yaponiyaning milliy an'analaridan biri. To‘rtburchak qog‘ozdan minglab turli xil shakllarni yasash mumkinligi kishini hayratga soladi, shuning uchun ham ushbu an'ananing nafaqat Yaponiyada, balki butun dunyoda mashhurligi bejizga emas.
Tadbir davomida mutaxassislar qog‘ozdan turli xil shakllarni yasashni o‘rgatdilar. Ushbu mahorat maktabi bolalarda fantaziyani va fikrlashni rivojlantirishga yordam berdi.