Foydali resurslar
Joriy yilning 10-14 sentyabr kunlari Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 335 ta yangi nomdagi axborot resurslari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 22 ta kitobga (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat-9 ta; tabiiy fanlar-1 ta; madaniyat-8 ta; adabiyotshunoslik- 3 ta; san'at-1ta) va 313 ta avtoreferatga (siyosat-130ta; tabiiy fanlar-32ta; tibbiyot-33ta; madaniyat-30ta; sport-15ta; texnika-33ta; q.x.-14ta; adabiyotshunoslik-22ta; san'at-4ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarni 34 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga va 282 ta qog‘oz ko‘rinishidagi katalog kartochkalar AIBS dasturidagi elektron katalog ko‘rinishiga o‘tkazildi.
52ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 346150 taga yetdi.