Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Abdulla Avloniy tavalludining 135 yilligi munosabati bilan tadbir o`tkazildi

Abdulla Avloniy o`zbek shoiri, ma`rifatparvar, dramaturg va taniqli jamoat arbobidir. 
XX asrning 30-yillari o`rtalarida bo`lgan o`zbek matbuoti va adabiyoti, shuningdek, ma'rifati va maorifini Abdulla Avloniysiz tasavvur etish mumkin emas. Turkistonda birinchilardan bo`lib maktabda geografiya, kimyo, handasa, fizika fanlari kiritilishiga tasir ko`rsatdi. Ta`limni hayot, turmush bilan bog`lashga intildi, bir dars bilan boshqasi o`rtasida muayyan tanaffusni, bir sinfdan ikkinchisiga o`tishdagi imtihon topshirishni joriy etdi, ta`lim tizimining dunyoviy yo`nalishini kuchaytirishga alohida e`tibor berdi. 


 

Respublikamizda shoir nomi bilan atalgan ko'cha va maktablar uning xotirasiga abadiylik baxsh etib kelmoqda. Shu bilan birga Abdulla Avloniyga bag`ishlangan kechalar, tadbirlar bo`lib o`tmoqda.
Jumladan Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy kutubxonasida 11 iyul kuni 15:00 da ko`rgazmalar zalida ma`rifatparvar, jurnalist, davlat va jamoat arbobi Abdulla avloniy tavalludining 135 yilligi munosabati bilan tadbir o`tkazildi. 



Tadbirni shoir Shukur Qurbon ochib berdi. Unda elimizga taniqli shoir, yozuvchilar, olimlar, munaqqid va tarjimonlar, Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti professor o`qituvchisi Omonulla Madayev, Yormat Tojiboyev, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori Uzoqboy Yo`ldoshev,  hamda O`zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilari va xodimlari ishtirok etdilar. Filologiya fanlari doktori, professor Ulug`bek Dalimov Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi, uning  adabiyotga qo`shgan katta xissasini va o`zining  ahamiyatini yo`qotmagan asarlari haqida ma`ruza qildi.  Tadbirda so`zga chiqqanlar shoirning qalamiga mansub she`rlar, asarlardan parchalar o`qidilar. Abdulla Avloniy tavalludining 135 yilligi respublika miqyosida keng nishonlanayotgan bir paytda mazkur tadbir kutubxona hayotida ham o`ziga xos voqea bo`ldi. 


 
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar