Milliy kutubxonada O‘zbekiston xalq yozuvchilari O‘rkir Hoshimov, Farhod Musajonov, shoir Omon Muxtorlarning “Xotiralash kechasi” bo‘lib o`tdi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida taniqli o‘zbek yozuvchisi va jamoat arbobi, o‘zining "Daftar hoshiyasidagi bitiklar”, "Dunyoning ishlari”, "Ikki eshik orasi” kabi asarlari bilan xalqimizning mehrini qozongan samimiy va xokisor yozuvchi O‘tkir Hoshimov; nosir, dramaturg va kinosenarist, ko‘p qirrali ijodkor, respublika radiosi, televideniyesi hamda «O‘zbekiston madaniyati» gazetasi, «G‘uncha» va «Sharq yulduzi» jurnallarida ishlagan, «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan Farhod Musajonov; ham she'riyat ham nasrda birdek ijod qilgan adib, qator nashriyotlarda adabiy xodim, radio, televideniye va "O‘zbekfilm" kinostudiyasida mas'ul lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan, uzoq yillar "Sharq yulduzi" oynomasida bosh muharrir o‘rinbosari lavozimida ishlagan, "Nigoh", "Qushlar va tushlar", "Buxorolik donishmand", "Egilgan bosh", "Ming bir qiyofa" kabi she'riy va nasriy kitoblar muallifi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi Omon Muxtorlarga bag`ishlangan xotira kechasi bo`lib o`tdi. Tadbirda shoir va yozuvchilar, munaqqid tarjimonlar va olimlar qatnashdilar. Xususan yozuvchi Erkin Usmonov, adabiyotshunos olim Shuhrat Rizaev, yozuvchi Ashurali Jo`raev, shoir Miraziz A`zam, yozuvchi Zoxir A`lam, professor adabiyotshunos Qozoqboy Yo`ldoshevlar qatnashdilar. Ular shoirlarning hayoti va ijodi, ularning adabiyotga katta xissasini qo`shganliklari va o`zlarining qimmatini, ahamiyatini yo`qotmagan bebaho asarlari haqida fikr yuritdilar.
.jpg)
.jpg)