Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 10-14 iyun holatiga ko‘ra Milliy Kutubxonada ma'lumot kiritish ishlari bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi:
135 nusxa gazeta; 5 nusxa jurnal; jami 445 bibliografik yozuv kiritildi; 141 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berish ishlari bo‘yicha quydagilar amalga oshirildi:
60 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun) 18 ta yuk xati, schet-fakturalar berildi. 21 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
20 ta davriy nashrga 2013 yil uchun hisob-kitob shartnomasi tuzildi, berilgan shartnomalarga asosan 4 ta davriy nashrga schet-faktura berildi.