Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag`ishlangan tadbir
Butundunyo mamlakatlarida 1 iyunda o`tkazilishi an`anaga aylanib qolgan Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni har yili bolalarga bo'lgan e'tiborni yanada kuchaytirishga qaratilgan turli xil tadbirlar bilan nishonlanadi. 30 may kuni O`zbekiston Milliy kutubxonasida ham SOS O`zbekiston Bolalar mahallasi uyushmasi, O`zbekiston-Yaponiya madaniyat markazi, YUNISEF va BMT taraqqiyot dasturi hamkorligida qator bayram tadbirlari o`tkazildi. Mazkur tadbirga poytaxtimizdagi Mehribonlik uylari, kam ta'minlangan, serfarzand oilalar, bog‘cha va maktablarning yuzdan ziyod o‘g‘il-qizlari taklif etildi. Tadbirda tashkil etilgan ko‘ngilochar o‘yinlar, turli fanlarga oid intellektual viktorinalar, mahorat maktablari bolajonlarga bir olam quvonch bag‘ishladi. 




 
Tadbirning 1-qismida Milliy kutubxonaning ichki maydonida ochiq havoda “SOS - O‘zbekiston Bolalar mahallasi” uyushmasining “Quvnoq avtobus” markazi tomonidan o‘tkazilgan o‘yinlar bolalarning zarur bilimlarni o‘zlashtirishiga, ularda o‘ziga nisbatan ishonch, bardoshlilik, hurmat kabi tushunchalarni uyg‘otishga, odilona o‘yin, jamoa bilan ishlash, muammolarning beg‘araz yechimini topa olishdek insoniylik xususiyatlarini shakllantirishga qaratildi. “Quvnoq avtobus” jamoasining barcha o`yinlari bolalarga o`z qobiliyatlarini namoyish etish bilan bir qatorda rivojlantirshga, qiziqishlarini qondirishga va albatta ularning ijodiy rivojlanishlari, diqqatlari va xotiralarini mashq qilishga bag`ishlangan edi.
Tadbirning 2 qismida esa:




 
- O`zbekiston-Yaponiya madaniyat markazi bilan origami san`at turi bo`yicha bolalarning intellektual salohiyatlari shakllantirishga qaratilgan mahorat maktablari o`tkazildi. Shu qatorda kichik yoshdagi maktab o`quvchilari bilan qog`oz yordamida turli shakllar yasash orqali ularning intellektual bilim darajalari, madaniy tarbiyalarini hamda qog`oz bilan qanday usulda to`g`ri ishlash qoidalari shakllantirishga qaratilgan edi;
- YUNISEF tashkilotchilari tomonidan bolalar ongida o`z huquqlarini bilish va savollarni tushunish doirasidagi trening bo`lib o`tdi. Trening  bolalar huquqlari va himoyasiga qaratilgan turli o`yinlar bilan davom etdi 
- BMT tashkilotining O`zbekistondagi vakolatxonasi bilan kichik yoshdagi bolalar uchun qiziqarli o`yin mashg`ulotlari o`tkazildi.



Tadbir so`nggida O`zbekistondagi BMT taraqqiyot dasturi va E-Line Press tashkiloti tomonidan   barcha bolalarga esdalik sovg`alari topshirildi.







 

  

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar