Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 20 - 24 may holatiga ko‘ra Milliy Kutubxonada ma'lumot kiritish ishlari bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi:
50 nusxa gazeta; 3 nusxa jurnal; jami 320 bibliografik yozuv kiritildi; 216 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) va davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berish ishlari bo‘yicha quydagilar amalga oshirildi:
69 ta ISBN raqami (kattalar uchun 46 ta va bolalar adabiyoti uchun 23 ta) 15 ta yuk xati, schet-fakturalar berildi. 32 ta kattalar adabiyoti uchun 11 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.