Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 15 - 19 aprel holatiga ko‘ra Milliy Kutubxonada ma'lumot kiritish ishlari bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi:
37 nusxa gazeta; 11 nusxa jurnal; jami 432 bibliografik yozuv kiritildi; 134 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) va davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berish ishlari bo‘yicha quydagilar amalga oshirildi:
34 ta ISBN raqami (kattalar uchun 30 ta va bolalar adabiyoti uchun 4 ta) 11 ta yuk xati, schet-fakturalar berildi. 15 ta kattalar adabiyoti va 5 ta bolalar adabiyoti uchun 10 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
2 ta ISSN raqam berildi, 12 ta davriy nashrga hisob-kitob shartnomasi tuzildi. Berilgan shartnomalarga asosan 5 ta nashrga yuk xati schet-fakturalar berildi.