Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 8 - 12 aprel holatiga ko‘ra Milliy Kutubxonada ma'lumot kiritish ishlari bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi:
70 nusxa gazeta; 16 nusxa jurnal; jami 712 bibliografik yozuv kiritildi; 237 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berish ishlari bo‘yicha quydagilar amalga oshirildi:
162 ta ISBN raqami (kattalar uchun 155 ta va bolalar adabiyoti uchun 7 ta) 23 ta yuk xati, schet-fakturalar berildi. 160 ta kattalar adabiyoti va 2 ta bolalar adabiyoti uchun 17 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.