Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan kitoblar va davriy nashrlarga xalqaro standart tartib (ISBN & ISSN, UO'K) raqamlarini berish bo‘yicha onlayn interaktiv xizmat
 
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, hamda Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash markazi bilan xamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan kitoblar va davriy nashrlarga xalqaro standart tartib (ISBN va ISSN) raqamlarini berish bo‘yicha onlayn interaktiv xizmati tashkil qilindi. Dastur bilan batafsil tanishish uchun Milliy kutubxonaning veb-sayti orqali yoki www.isbn.natlib.uz saytida batafsil ma'lumot olish mumkin.
ISBN va ISSN raqamlaridan foydalanish yo‘riqnomasi:
1. Milliy kutubxonaning rasmiy veb-sayti orqali ISBN & ISSN, UO'K bo‘limiga o‘tib ro‘yxatdan o‘tish (Kirish  tugmasi bosiladi);
2. ISBN&ISSN, UO'K raqamini olish uchun talabnoma shaklini to‘ldirish va asos bo‘ladigan Buyruqni shu yerdan yuklab olish;
3. Tartib raqami va xisob varaqalar (ro‘yxatdan o‘tib va talabnoma shaklini to‘ldirganizdan so‘ng Sizning profilingizga hisob tartib raqami beriladi);
4. To‘lov topshiriqnomasi (Hisob varaqalari olingandan so‘ng biriktiriladi);
Yuridik shaxslar va Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun:
Sertifikat Nusxasi (Guvoxnoma)
Jismoniy shaxslar uchun: pasport nusxasi (O‘zbekiston fuqorolik pasporti va yashash joyi kayd etilgan beti bilan);
Xujjatlar kuyidagi manzil buyicha takdim etiladi: 
ISBN & ISSN, UO'K elektron pochtasi: isbn@natlib.uz  
faks: +99871 232 93 92 ; 232 93 90 
pochta manzili: 100000, 
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Toshkent sh., Istiklol kuch.,  
Barcha lozim bo‘lgan xujjatlar olingandan so‘ng:
To‘lov topshiriqnomasi va hisob raqamlarini taqdim qilganingizdan so‘ng, siz buyurtma uchun shartnomani  chop etishingiz, shuningdek rahbarning imzosi qo‘yilgan va muhri bosilgan xolatdagi xujjatni skaner qilishingiz, hamda uni biriktirishingiz mumkin.
Shundan so‘ng sizga ISBN&ISSN, UO'K raqami beriladi va uni o‘z profilingiz (sayt)da ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lasiz;
ISBN & ISSN, UO'K raqami tugallangan shartnoma sifatida sizning profilingizga biriktiriladi yoki nashr manzilining elektron pochtasiga jo‘natiladi.
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar