Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O`zbekiston Milliy kutubxonasida 3 aprel Xalqaro bolalar kitobi kuni munosabati bilan “Istiqbol” o‘quv zalida “Kitoblar – aql farzandlaridir” nomli adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Jahonning ko‘pgina mamlakatlari 2 aprel sanasini bolalarning sevimli  buyuk ertak yozuvchisi Gans Xristian Anderson  tug`ilgan kuni munosabati bilan “Xalqaro bolalar kitobi kuni” sifatida nishonlashadi. 1967 yilda Xalqaro bolalar kitoblari kengashi 2 aprel sanasini “Bolalar kitoblari kuni” deb nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan yurtimiz aholisining axborot-resurslarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, uni zamon talablari darajasida tashkil etish yo‘lida qator ishlar amalga oshirilmoqda.  
Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ham o‘quvchi-yoshlarni bilim olishga, kitobga mehr qo‘yishlari, ularda mustaqil bilim olish ko‘nikmasini shakllantirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilanib, bu yo‘lda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Har yili aprel oyida Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi o‘quv muassasalarida “Xalqaro bolalar kitobi kuni” nishonlanadi. Bolalarning bahorgi ta'til kunlarida “Bolalar va o‘smirlar kitobi haftaligi”, bolalar yozuvchi va shoirlarining tavallud kunlari munosabati bilan o‘tkaziladigan anjumanlar, ularning ijod namunalaridan tashkil topgan ko‘rgazmalar, yangi kitoblar taqdimoti kabi ommaviy tadbirlar yil sayin o‘quvchi va o‘qituvchilarni maktab hayotining ajralmas qismiga aylanmoqda. 
Jumladan, 3 aprel kuni soat 15:00 da Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida “Istiqbol” talaba - yoshlar  o‘quv zalida “Kitoblar – aql farzandlaridir” nomli  Xalqaro bolalar kitobi kuni munosabati bilan adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi tashkil qilindi. 
Ko`rgazmada kutubxona fondida mavjud bolalar va o`smirlarga oid o`zbek va rus tillaridagi nashrlar aks ettirilgan. Ushbu nashrlar bolalarni ma`naviy-ma`rifiy bilimlarini oshirishga, dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, ko`rgazmadan badiiy asarlar ham joy olgan bo`lib, kitobxonlar undan bemalol foydalanishlari mumkin.
 
 
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar