Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 25 – 29 mart holatiga ko‘ra Milliy Kutubxonada ma'lumot kiritish ishlari bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi:
77 nusxa gazeta; 13 nusxa jurnal; jami 609 bibliografik yozuv kiritildi; 336 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berish ishlari bo‘yicha quydagilar amalga oshirildi:
118 ta ISBN raqami (kattalar uchun 106 ta va bolalar adabiyoti uchun 12 ta) 19 ta yuk xati, schet-fakturalar berildi. 87 ta kattalar adabiyoti va 28 ta bolalar adabiyoti uchun 10 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
ISSN raqam berish uchun 58 ta davriy nashrga hisob-kitob shartnomasi tuzildi. Shartnomalarga asosan 9 ta nashrga yuk xati schet-fakturalar berildi.