“Musiqa tarixi va uning yorqin yulduzlari” mavzusida ingliz tilidagi prezentatsiyalar tanlovi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va unda faoliyat yuritib kelayotgan “Ingliz tili” klubi a'zolari hamda kutubxona foydalanuvchilari orasida “Musiqa tarixi va uning yorqin yulduzlari” mavzusida ingliz tilida tayyorlangan prezentatsiyalar tanlovini o‘tkazadi. Tanlov aprel oyining oxirigacha davom etib, har bir prezentatsiya klub yig‘ilishi kunlari namoyish etiladi. Prezentatsiya 10 ballik sistemada baholanadi. Klub yig‘ilishi har payshanba soat 15:00 dan 18:00 gacha kutubxona Kinomarkazida bo‘lib o‘tadi. Tanlov yakunida eng yaxshi prezentatsiya mualliflari (guruhlar) taqdirlanadi. Prezentatsiyani klub yetakchisi Jahongir Norboyev olib boradi va baholaydi. Qo‘shimcha ma'lumotlarni klub yetakchisi yoki kutubxonaning “Jahon” o‘quv zali mutaxassislaridan olishingiz mumkin.
Murojaat uchun:
Klub yetakchisi Jahongir Xolboyev: +99893 5987900
“Jahon” o‘quv zali mutaxassislari: Muratova Muxtarama, Iskandarova Gulruh