Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Mashhur ukraina shoiri T.Shevchenko tavalludining 199 yilligi munosabati bilan15 mart kuni Milliy kutubxonada Ukraina madaniyat markazi bilan hamkorlikda badiiy kecha bo’lib o’tdi
Mart oyida Ukrainaning atoqli shoiri Taras Grigoryevich Shevchenko tavalludiga 199 yil to‘ldi. Har yili shoirning tavallud kuniga bag‘ishlab Respublika Ukraina madaniyat Markazi bayram tadbiri o‘tkazib keladi.
 
Bu yil “Slavutich” RUMM va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati yubileyoldi tadbirning Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tkazishga kelishdi. T. Shevchenkoning tavalludiga bag‘ishlangan adabiy-musiqiy tadbirga O‘zbekiston Baynalminal Madaniyat Markazi, O‘zbekistondagi ukrainaliklar, qrim-tatar, rus va boshqa milliy madaniyat markazlarining vakillari taklif etildi. 
 
T. Shevchenko ham buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy singari o‘z vataniga adabiy til taqdim etgan. Shevchenkoning adabiy merosi ukraina adabiyotining asosi hisoblanadi. Shevchenko nafaqat shoir balki mohir rassom ham bo‘lgan va uning ko‘pgina asarlari bizgacha yetib kelgan. 
 
Uning “Qo‘bizchi baxshi” deb nomlangan o‘lmas asari va boshqa she'riy to‘plamlari dunyoning ko‘plab xalqlari tillariga tarjima qilingan. O‘tgan asrning boshlarida Hamid Olimjon birinchilardan bo‘lib Shevchenkoning she'rlarini ukrainchadan o‘zbekchaga tarjima qildi va bu bilan u “Buyuk baxshining” ijodi bilan kitobxonlarni tanishishlariga zamin yaratdi.
 
Tadbirda o`z tabriklari bilan O`zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjayev va Ukrainaning O`zbekistondagi elchisi Yu.Savchenko so`zga chiqdilar. O`zbekistondagi “Slavutich” RUMM raisi V.Boyko Taras Grigoryevich Shevchenkoning ijodi va hayoti to`g`risida gapirib o`tdi. Uning asarlarida o`z vataniga sodiqligi va xalqining ozodligi yo`lida kurashganligi yaqqol ko`rinib turadi. U o`zing asarlarida boshqa mamlakatlarining madaniyati va xalqlar ortasidagi do`stlik va hamjihatlik rishtalarini saqlashga undagan shoirdir. O`zbekiston xalq artisti, Ukrainada xizmat ko`rsatgan artist Zinaida Solovey, Miroslava Kochmarchikalar Shevchenko asarlaridan parcha o`qib berdilar. Tadbirda Poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan Tolibjon Sadikov nomli madaniyat uyi rahbari Ganna Chuba boshchiligidagi “Lavanda” nomli Ukraina folklor ansambli ukraina xalq qo`shiqlarini xirgoyi qildilar.
 
Tomoshabinlar shoirning ta'sirli she'rlarini butun vujudlari quloq bo‘lib tingladilar. “Buyuk baxshining” she'ridan qo‘shiq qilingan ukraina xalqining milliy qushig‘i «Reve ta stogne Dnepr shirokiy» yangraganda esa barcha barobar xirgoyi qildi. Shunisi quvonarliki tadbirda nafaqat ukraina balki boshqa xalq vakillari ham ishtirok etdilar. Tadbirga Ukraina madaniyat Markazlaridan Ukraina Oliy o‘quv yurtlariga ta'lim olishga yuborilgan bitiruvchilar ham tashrif buyurdilar.
 
Tadbirning yakuni sifatida mehmonlarga Dovjenko nomli kinostudiya tomonidan1964 yilda ishlab chiqarilgan Shevchenkoning hayoti to`g`risidagi “Son” nomli badiiy film namoyish etildi.
 
O`zbekistonda bu shoirni ardoqlashadi. Toshkent va Zarafshon shaharlarida uning xotirasiga bag`ishlab haykal o`rnatilgan va poytaxtimizning markaziy ko`chalaridan biri uning nomi bilan ataladi. 
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar