Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
2013 yil 6 mart kuni soat 11.00da Alisher Navoi nomidagi O’zbеkiston Milliy kutubxonasida anjumanlar zalida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining sovg`alarini qabul qilish, sovrindorlar yutuqlarini keng targ`ib etish marosimi bo`lib o`tdi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyuldagi "Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta'sis etish bo`yicha takliflarni qo`llab-quvvatlash to`g`risida"gi PF-2326-sonli Farmonida barkamol avlodni voyaga yetkazish, ular orasidan iqtidorli qizlarning adabiyot, san'at, ta'lim fan va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari, shuningdek, keng ko`lamli islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtiroklarini rag`batlantirish ko`zda tutilgan.

Ushbu farmonning qabul qilinishi natijasida mamlakatimizda ilg`or , iqtidorli qizlarning safi yanada kengayishi, ularning ijtimoiy faolligi oshishi va jamiyat hayotida o`z o`rnini topishiga keng imkoniyat yaratildi. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti 2000 yildan buyon 14 yoshdan 22 yoshgacha bo`lgan iqtidorli qizlarga adabiyot, madaniyat, san`at, fan va ta`lim yo`nalishlaridagi  yutuqlari uchun berib kelinmoqda. Bu yil ham sportning turli yo`nalishlari bo`yicha Osiyo va O`zbekiston chempionlari, jahon chempionlari sovrindorlari, fan olimpiadalari hamda respublikamizda o`tkazilayotgan turli ko`rik tanlovlarning g`oliblari bo`lgan 14 nafar iste`dodli qizlarimiz davlatimiz rahbarining qarori asosida mukofot bilan taqdirlandi va mukofot sovrindorlarining soni 196 nafarga yetdi.

Jumladan 2013 yil 6 mart kuni soat 11.00 da  Alisher Navoi nomidagi O’zbеkiston Milliy kutubxonasida anjumanlar  zalida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining Xotin-qizlar Qo’mitasi, “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi, Xalq ta`lim vazirligi, O`rta maxsus,kasb-hunar markazi, “Sog`lom avlod uchun” xalqaro jamg`armasi kabi tashkilotlarning sovg`alarini qabul qilish, sovrindorlar yutuqlarini keng targ`ib etish marosimi bo`lib o`tdi.Tadbirda Toshkent shahri va Toshkent viloyati ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli o`quvchi yoshlar, ma`sul tashkilotlar vakillari va Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Anjumanning rasmiy qismida Xotin-qizlar qo’mitasi raisi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi raisi Basitxanova Elmira Erkinovna, O’zbеkiston kasaba uyushmalari Fеdеratsiyasi Kеngashi raisi, pеdagogika fanlari nomzodi Narbaеva Tanzila Kamalovna, “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati raisi Ganiеv Baxodir Muxtorovich, Xalq ta`lim vazir Inoyatov Ulug`bek, O`rta maxsus,kasb-hunar vaziri Xodiyev Baxodir, Mаdаniyat va sport ishlari vаziri Xodjimatov Minxajidin, Yozuvchilar uyushmasi raisi o`rinbosari, shoir Sirojiddin Saidov, nutq so’zlab o`z sovg`alarini taqdim etdilar. Bugungi tadbir Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining qo’lga kiritayotgan muvaffaqiyatlarini, bugungi kunda jamiyatimiz ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy hayotidagi faolligini yoshlarga, kеng jamoatchilikka ochib bеrish, mukofot sohibalariga bildirilgan ishonch va ma'suliyatni yanada chuqurroq his etib, mamlakatning chinakam tayanchi bo’la oladigan, xalqining yuksak orzu-niyatlarini ro’yobga chiqaradigan kuchli shaxs bo’lishga undaydigan tadbir bo’lib o’tdi desak, mubolag’a bo’lmaydi.

 

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar