Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
6 mart kuni O`zbekiston Milliy kutubxonasida San`at va madaniyat instituti bilan hamkorlikda “Muhtarama ayol” xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan adabiy - badiiy kecha o`tkazildi.
Ayol bu - mehr-muhabbat, ayol - Vatan, ayol - go’zallik va nafosat timsoli.   Vatan, yurt so’zlarining ona so’zi bilan payvasta aytilishi ham ayolning buyukligidan dalolatdir. Ayol-oilamiz, xonadonimiz oftobi, tirikligimiz quyoshi.  Ayol – borliq ko’zgusi. Uning go’zalligi olamni charog’on etadi, chunki uning niyati pok, o’zi pok. Shu bois  uni avaylab, asragan yurtning kelajagini porloq deb naql qilishadi. Shu ma’noda, buni O’zbekistonimizga va uning biri-biridan latofatli, oqila  o’zbek ayollariga nisbat qilsak, xato bo’lmaydi. O`zbekiston Prezidenti “Faqat sog’lom onadan sog’lom farzand tug’iladi. Faqat aql-zakovatli sog’lom onalargina komil insonlarni tarbiyalashga qodir bo’ladi” deb aytar ekanlar, jamiyatning mustahkam  tayanchi, mustahkam oila timsoli sifatida ayollarimizning beqiyos o’rni va maqomini yana bir karra e’tirof etganlar. 
 
Respublikamizning barcha hududlarida ushbu bayram keng nishonlanmoqda. Jumladan Alisher Navoi nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 6 mart kuni soat 15:00da “Muhtarama ayol” halqaro hotin-qizlar bayrami munosabati bilan San`at va madaniyat instituti hamkorligida adabiy-badiiy kecha bo`lib o`tdi. Unda xalqimizning sevimli shoiri Miraziz A`zam, falsafa fanlari doktori, professor, shoira Sayyora To`ychiyeva, “G`uncha” jurnali xodimasi Dilfuza Kamoljonova, Barovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o`quvchilari, dori vositalari ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazidan mehmonlar qatnashdi. 

Tadbir kutubxonada tashkil etilgan “Dil izhorlari” tanlovining yakuniy taqdirlash marosimi bilan boshlandi. Unda tanlov g`oliblari Bunyodbek Akbaraliyev 1-o`rin sohibi, Jahongir Norbo`tayev 2-o`rin sohibi, Umidhon Xoshimov va O`tkirbek Murtozayev oldilar 3-o`rin sohiblari deb e`lon qilindi. G`oliblarga sovg`a sifatida O`zbekiston davlat akademik katta teatri va Alisher Navoiy nomidagi kino saroyiga chiptalar taqdim etildi. Tadbir qatnashchilari so`zga chiqib hozirgi paytda respublikamizning turli jabhalarida xotin – qizlarimiz halol xizmat qilayotganliklari, o’z kasbiga mehr qo’yib, oilani tebratibgina qolmay, turli jamoat ishlarida ham faol qatnashayotganlari to`grisida fikr-mulohazalar bildirildi. Yurtimizda bu kabi tadbirlarning tashkil etilishi ham ayol deb atalmish munis va mo`tabar hilqatga bo`lgan cheksiz xurmat va minnatdorchilikning bir namoyishidir. 

Ushbu tadbir fikr-mulohazalar, tabriklar ko`rinishidagina emas, balki mushoirahonlik tarzida ham davom etdi. Barovskiy nomidagi tibbiyot kolleji 2 kurs o`quvchi  qizlari Yoqubova Jamola va Usmonova Habiba, “Dil izhorlari” tanlovi g`oliblari tomonidan “onaga”, “opa-singillarga” bitilgan  she`rlarni o`qish bilan yakunlandi. 

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar