Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasini to‘ldirilish hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 25 fevral - 1 mart holatiga ko‘ra Milliy Kutubxonada ma'lumot kiritish ishlari bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi:
45 nusxa gazeta; 25 nusxa jurnal; jami 592 bibliografik yozuv kiritildi; 261 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) va davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berish ishlari bo‘yicha quydagilar amalga oshirildi:
48 ta ISBN raqami (kattalar uchun 48 ta) 10 ta yuk xati, schet-fakturalar berildi. 29 ta kattalar adabiyoti va 12 ta bolalar adabiyoti uchun 7 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
1 ta ISSN raqam berildi, 8 ta davriy nashrga hisob-kitob shartnomasi tuzildi. Berilgan shartnomalarga asosan 25 ta nashrga yuk xati schet-fakturalar berildi.