25 fevraldan 1 martgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 145 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 136 ta kitob, (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 28 ta; tibbiyot - 8 ta; badiiy adabiyot -16 ta; ta'lim va madaniyat - 45 ta; texnika - 5 ta; adabiyotshunoslik - 26 ta; tabiiy fanlar -8 ta) 9 ta CD-ROM, (texnika - 9 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi (AIBS) dasturiga kiritilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarni 300 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi.
161 nomdagi bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi.
45 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning
soni 375700 taga yetdi.