Foydali resurslar
Terrorizm muammosi XX asrning oxiri, ayniqsa uning so‘nggi o‘n yilida xalqaro jamoatchilikni qattiq tashvishga solib qo‘ydi. Terrorizm Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, ko‘plab mintaqaviy, xalqaro, nodavlat va jamoatchilik tashkilotlari, qonunchilik va ijroiya, huquq-tartibot organlari va maxsus xizmatlari uchun o‘ta muhim muammoga aylandi.
So‘ngi yillarda islom dinini o‘zlariga niqob qilib olgan bir guruh kimsalar dindan foydalanib, g‘arazli maqsadlarni ko‘zlagan xolda jamiyatda buzg‘unchilik, begunoh odamlarning nohaq qoni to‘kilishi kabi salbiy holatlarni avj oldirib, fuqarolar tinchligini buzib, xalq va dindorlar orasida nizo chiqarishga harakat qilmoqdalar. O‘zlarini «Islom dini va musulmonlarni himoya qiluvchi xaloskor firqa» deb e'lon qilgan holda begunoh fuqarolarning o‘limiga sabab bo‘lmoqdalar. Eng yomoni, ular o‘z xatti-harakatlarini asoslash maqsadida har bir musulmon uchun muqaddas bo‘ lgan Qur'oni karim va hadisi shariflarni o‘zlaricha tafsir qilmoqdalar.
Bugun biz o‘z oldimizga ezgu va ulug‘ maqsadlar ko‘yib, tinchosoyishta hayot kechirayotgan, o‘z quch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgan jannatmakon mamlakatda yashamoqdamiz. Mustaqil O‘ zbekistonimiz jahonga yuz tutib, gullab yashnamoqda. Mustaqillik rivojlanishning bir nechta jabhalari qatorida islom ma'rifatining rivoji uchun, shu bilan bir qatorda, musulmonlarning diniy ibodat va marosimlarini ado etishlari uchun ham kulay sharoit yaratib berdi. Qur'oni Karim to‘rt marta o‘zbek tilida chop etildi. Mutaxassis kadrlar tayyorlanib, barcha viloyatlarda diniy o‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsata boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 1999 yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti tashkil qilindi. Mustaqillikkacha 83 ta masjid faoliyati ko‘rsatgan bo‘lsa, hozirga kelib 2500 dan ziyod masjidlar faoliyat olib bormoqda.
Jahon mamlakatlari qatorida davlatimizda ham diniy ekstremizmga qarshi kurash yo‘lida samarali islohatlar olib borilmoqda. Ayniqsa yurt kelajagi va mustaxkam davlat poydevori yosh avlod tarbiyasi, mafkurasi, ma'naviy-ma'rifiy dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda xar bir tashkilot va muassasalarda o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan Alisher Navoi nomidagi O‘ zbekiston Milliy kutubxonasida 27 fevral kuni soat 15:00da «Diniy ekstremizm. Ma'naviyatga tahdid” shiori ostida “Hidoyat” jurnali tahririyati hamkorligida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni shoir Shukur Qurbon ochib berdilar. Unda Nurullox Otaxonov «Hidoyat» jurnali taxririyatining bosh direktori, Abdujalil Xo`jamov «Movarounnaxr» nashryoti bosh muxarriri , Isomiddin Alimov «Islom nuri» gazetasi muxarriri, Abdujalil Ho‘jamov – shoir, bosh direktor o‘rinbosarlari qatnashdilar va diniy ekstremizm, terrorizm to‘g‘risida hamda «Hizbut-tahrir», «Akromiylar», «Vahhobiylar» kabi atamalar ostida turli xil oqimlar paydo bo‘lganligi, ularning maqsadlari, tinchligimizni ko‘ra olmaydigan bir qancha guruhlar va shu tariqa, diniy ekstremizm va terrorizm chetdan bizning mamlakatimizga kirib kelib, O‘zbekistonning mustaqilligiga, tinchligiga tahdid soluvchi katta muammoga aylanganligi to‘g‘risida suhbat bo‘lib o‘tdi.