Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
2013 yil 27 fevralda O`zbekiston Milliy kutubhonasida “Milliy tiklanish demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi Ijroiya Qo`mitasi” hamkorligida “Mustaqil O`zbekiston- dunyo e`tirofida”mavzusidagi davra suhbati bo`lib o`tdi
Joriy yilning 27 fevral kuni O`zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi "Yoshlar qanoti" tashabbusi bilan O`zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo`lganligiga 21 yil to`lishi munosabati bilan "Mustaqil O`zbekiston - dunyo e'tirofida" mavzusidagi davra suxbati tashkil etildi.
 
Tadbirda O`zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a'zolari, O`zMTDP MK Ijroiya ko`mitasi devoni xodimlari, partiya Toshkent shahar Kengashi faollari, "Ayollar qanoti" va "Yoshlar qanoti" yetakchilari, partiya a'zolari, yuristlar malakasini oshirish markazi, Toshkent davlat yuridik instituti professorlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
 
Davra suxbati O`zMTDPning dasturiy maqsad-vazifalaridan kelib chiqqan xolda O`zbekistonning barcha mamlakatlar bilan iqtisodiy, siyosiy va gumanitar soxalarda o`zaro foydali hamkorligi mustaxkamlash, mamlakatni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muxim sharti xisoblangan mintaqaviy, global xavfsizlikni xamda O`zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalkaro tashkilotlar faoliyatida faol ishtirok etishini ta'minlash maqsadida tashkil etildi.

Xozirgi paytda butun jahonda globallashuv jarayonlarining kuchayib borishi bilan yer yuzida tinchlik va barqarorlikni saqlash, aholi farovonligi shunga munosib turmush darajasi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlash, ta'lim, tibbiyot va atrof-muhitni muxofaza qilish kabi umumbashariy vazifalar tobora muhim ahamiyat kasb etib, ularni amalga oshirishda xalkaro tashkilotlarning roli kuchayib bormoqda.
 
Birlashgan Milatlar Tashkiloti 1945 yil tashkil topgan bo`lib, xozirgi kunda unga 100 dan ortiq davlat a'zodir. 
 
Davra suxbati ishtirokchilari ta'kidlashganidek, O`zbekiston BMT faoliyatining asosiy prinsiplaridan biri bo`lgan xavfsizlikning yaxlitligi prinsipini to`liq qo`llab-quvvatlagan holda, ushbu nufuzli tashkilot va uning asosiy organlarining isloh qilinishi tarafdoridir. BMTni isloh, etish bo`yicha O`zbekistonning rasmiy nuqtai-nazarini «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi a'zolari xam to`liq qo`llab-quvvatlashlari anjumanda alohida e'tirof etildi.
 
Davra suxbatida yuqoridagi masalalar yuzasidan qizg`in baxs-munozaralar yuritilib, fikr-muloxazalar o`rtaga tashlandi. Tadbir uning qatnashchilarida o`ziga xos taassurot qoldirdi.
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar