Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Xalqaro xotin qizlar bayrami munosabati bilan “Dil izhorlari” tanlovini davom ettiradi!
Dilda neki jur'atim bor, 
Dilda neki hayajon, 
Bari-bari senga bo‘lsin, 
Senga bo‘lsin, Onajon! 
 
Jamiyatimizda ayollarning o‘rni va nufuzini, ijtimoiy faolligini yanada oshirish, xotin-qizlarning turli jabha va yo‘nalishlarda qilayotgan ishlarini munosib baholash masalalariga alohida e'tibor qaratilyapti. 
Xalqaro xotin-qizlar bayrami - go‘zallik, nafislik va latofat bayramidir. Shuningdek, bu kun "onalar kuni" sifatida ham ardoqli. Yurtimizda ushbu bayramni sevgi, mehr-muhabbat va go‘zallik bayrami sifatida nishonlaydilar. Bahor faslining ilk ayyomlaridan sanalmish ushbu bayramda erkaklar o‘z onalari, opa-singillari, turmush o‘rtoqlari, qizlariga eng samimiy tilaklar bildiradi, sovg‘alar ulashadi.
Milliy kutubxonada Xalqaro xotin qizlar bayrami munosabati bilan “Dil izhorlari” tanlovini davom ettirishdan maqsad ham yigitlarning Volidai muhtaramalariga, Opa-singillariga, Sevgan yoriga, Farzandlariga atalgan samimiy tilaklarini izhor etishga imkon berish. 
“Dil izhorlari” tanlovi 1 martdan 6 martgacha “Onaga”, “Opa-singillarga”, “Sevgan insoniga” nominatsiyalari bo‘yicha o‘tkazilib,  foydalanuvchilar kutubxonaning ikkinchi qavat foyesida o‘rnatilgan stendlarda dil izhorlarini qoldirishlari mumkin.  Tanlovda erkaklar ishtirok etadi.
Dil izhorlari 2 nusxada she'riy tarzda yoki tilak ko‘rinishida stikkerlarda yoziladi. Stikkerlarning bir nusxasi stendga yopishtiriladi, ikkinchisi barabanga solinadi. Albatta, dil izhori sohibi o‘z ID-kart raqamini ko‘rsatishi lozim. 
Tanlov g‘oliblarini shoirlardan tarkib topgan hay'at a'zolari aniqlaydi hamda 6 mart kuni kutubxonada tashkil qilinadigan “Muhtarama ayol” badiiy kechasida e'lon qilinib, taqdirlanadi.
 
BARCHANGIZNI TANLOVDA ISHTIROK ETISHGA CHORLAB QOLAMIZ!
 

 

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar