Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
«Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda axborot-kutubxona resurslari» mavzuida 7-xalqaro «Central Asia - 2013» konferensiya
2013 yil 22-26 aprel kunlari Toshkent shahrida  «Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda axborot-kutubxona resurslari» mavzuida 7-xalqaro «Central Asia - 2013» konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. 
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi konferensiyaning asosiy tashkilotchisi hisoblanadi.
 
Konferensiya maqsadi - fan, ta'lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot resurslarini qo‘llash va rivojlantirishda axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar orasida ta'sirchan hamda samarali hamkorlikni faollashtirish.
 
Konferensiya:
Elektron axborot resurslarini shakllantirish, kutubxona tizimlarini yaratish hamda axborot-kutubxona muassasalari, arxivlar, muzeylarda ulardan foydalanish muammolari bo‘yicha samarali tajriba almashishga ko‘maklashish;
axborot-kutubxona resurslaridan (avvalo, elektron resurslardan) birgalikda foydalanuvchi ijodiy birlashmalar - konsorsiumlar yaratishga, axborot-kutubxonachilik ishida yangi axborot texnologiyalarini o‘rgatish bo‘yicha o‘quv markazlarini tashkil qilish va ularning ishini yo‘lga qo‘yishga yordamlashish;
kutubxonalar, ilmiy va ta'limiy muassasalarning elektron ma'lumotlar bazalari va Internet imkoniyatlaridan kengroq foydalanish, ularga erkin kirishni ta'minlash hamda ularni mazmunan boyitishga qaratilgan harakatlarni faollashtirishga da'vat etilgandir.
 
Konferensiya o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.
 
Konferensiyada qatnashish istagingiz bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘ting. BILDIRISHNOMA va ma'ruza (tezis) matnlarini conf2013@natlib.uz elektron manzili bo‘yicha jo‘natishingizni so‘raymiz.  
 
Ma'lumot uchun:
Tel.: 99871 239-44-40
Faks: 99871 239-16-58
 

 

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar