Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida 2012 yildan milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda.
2013 yil 11 -15 fevral holatiga ko‘ra Milliy Kutubxonada AIBS dasturiga ma'lumot kiritish ishlari bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi:
62 nusxa gazeta; 21 nusxa jurnal; jami 743 bibliografik yozuv kiritildi; 238 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) va davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berish ishlari bo‘yicha quydagilar amalga oshirildi:
85 ta ISBN raqami (kattalar uchun 72 ta va bolalar adabiyoti uchun 13 ta) 15 ta yuk xati, schet-fakturalar berildi. 65 ta kattalar adabiyoti va 7 ta bolalar adabiyoti uchun 14 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
3 ta ISSN raqam berildi. 37 ta davriy nashrga 2013 yil uchun hisob-kitob shartnomasi tuzildi. Berilgan shartnomalarga asosan 15 ta davriy nashrga yuk xati schet-fakturalar berildi.