12 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida shoir Muhammad Ismoil bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Kutubxona foydalanuvchilarga bugungi kunda o‘zbek she'riyatida qalam tebratayotgan, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir, kutubxonamizning doimiy kitobxoni Muhammad Ismoil bilan ijodiy uchrashuv tashkil qildi. Tadbirda shoirlar Nurmuhammad Isroil, Mahmud Yo‘ldoshev, Shukur Qurbon, suhandon Bahodir Mardiyev, xonanda Baxtiyor Sultonov, Madaniyat va san'at instituti talabalari hamda shoirning ko‘plab muxlislari ishtirok etdi.

Tadbir qatnashchilari shoir ijodi, chop etilgan nashrlari, hozirgi kundagi faoliyati xususida fikr bildirdilar. Shoirning o‘zlari esa kutubxonalarning hayotimizda tutgan o‘rni, yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati, kitob mutolaasi va mutolaa madaniyati masalalariga alohida to‘xtaldi. Shoirning ijodiga bag‘ishlangan videolavha namoyish etildi, ko‘plab she'rlaridan namunalar o‘qildi.
.jpg)
Tadbirga sevimli san'atkorimiz Baxtiyor Sultonov, San'at va madaniyat instituti talabalari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar o‘zgacha zavq bag‘ishladi.