Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530)
Har kimki, vafo qilsa - vafo topqusidir
Har kimki, jafo qilsa - jafo topqusidir!
Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonlik hargiz,
Har kimki, yomon bo‘lsa - jazo topqusidir!
 
Har bir xalqning tarixiy, madaniy-milliy qiyofasini aniq belgilovchi ulug‘ shohlari, buyuk olimlari, yirik adib va shoirlari bo‘ladi. Insoniyatning adabiyotga mansub ana shunday buyuk farzandlari safida Zahiriddin Muhammad Bobur ham o‘z o‘rniga ega. 
O‘rta Osiyo madaniyatining yorqin namoyandalaridan biri Mirzo Bobur tarixda, faqat buyuk hukmdor, sarkarda va siyosatchi sifatidagina emas, o‘z asarlari bilan ham olamshumul shuhratga ega bo‘lib, o‘zbek klassik adabiyotida salmoqli o‘rin egallagan.
Zahiriddin Muhammad Boburning dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan asarlari, g‘azal, ruboiylari va “Boburnoma”si yosh avlodni Vatanga, ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi. Mirzo Bobur o‘zbek adabiy tilining rivojlanishida, o‘zbek adabiyotida realistik yo‘lni takomillashtirishda, uning she'riy shakllarini mukammallashtirishda muhim o‘rin tutdi. Uning o‘ziga xos original poeziyasi o‘zining teranligi, soddaligi va nihoyatda ohangdorligi bilan ajralib turadi, uning mukammal shaklga ega bo‘lgan she'rlari o‘z kuchi va ta'sirchanligi jihatidan jahon ma'naviyati xazinasida alohida ahamiyatga ega.
13 fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida  Zahiriddin Muhammad Boburning 530 yilligiga bag‘ishlangan “Har kimki vafo qilsa...” ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir Xamza nomidagi milliy akademik drama teatri, Toshkent davlat yuridik instituti qoshidagi Yuridik litsey, Olmazor tumani xalq ta'limiga qarashli 119- maktab bilan hamkorlikda o‘tkazildi.



Tadbirni Milliy kutubxona direktori A.A. Xodjayev ochdi. Unda O‘zbekiston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov, O‘zbekistonda  xizmat ko‘rsatgan artistka Shohida Ismoilova, O‘zbekiston xalq xofizi Xasan Rajabiy, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi shoir To‘ra Mirzo, jurnalist Mansur In'om va boshqalar ishtirok etdi. Anjumanni shoir Shukur Qurbon olib bordi. 


 
O‘zbekiston Xalq xofizining honishlari, litsey va maktab o‘quvchilarining chiqishlari yig‘ilganlarda alohida taassurot qoldirdi. Binobarin, buyuk bobomiz Mirzo Bobur tavalludining 530 yilligi qalblarda o‘chmas iz qoldirdi. Buning isboti sifatida  Bobur ruboiylarini butun zal yod o‘qiganini misol qilib keltirish mumkin.

  

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar