Milliy kutubxonada yangi resurslar.
Milliy kutubxona bir qancha yangi resurslar bilan o‘z fondini boyitdi.
ProQuest Dissertations & Theses A&I - 1861 yildan dunyoning 80 mamlakatida ingliz tilida himoya qilingan magistrlik, doktorlik dissertatsiyalari va avtoreferatlarining to‘liq matli ma'lumotlar bazasidir. Unda 2 mln. resurslar mavjud.
eLIBRARY.RU- Rossiyaning eng katta ma'lumotlar portali bo‘lib elektron ilmiy kutubxona hisoblanadi. Unda 14 milliondan ortiq ilm-fan, texnika, tibbiyot sohasiga oid to‘liq matnli ilmiy maqolalar va referatlar mavjud.