Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
6 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Alisher Navoiy ijodi - milliy ma'naviy xazinamiz” mavzuidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
O‘zbek xalqining ulug‘ mutafakkiri Alisher Navoiy jahon adabiyoti, madaniyatiga, insonlar baxt-saodati, xalq farovonligi, mamlakat obodonligi, ona tilimiz rivoji uchun ulkan hissa qo‘shganini  bugungi kunda bilmaydigan kishi yo‘q. 
Alisher Navoiy ijodi o‘zining haqiqiy qadr-qimmatini mustaqil O‘zbekistonda topdi, deya olamiz. Yurtboshimiz tashabbusi bilan 1991 yil Alisher Navoiy yili deb atalgan edi. Mamlakatimiz bu ulug‘ zot nomi bilan Mustaqillik davriga qadam qo‘ydi. Bunda o‘ziga xos ramziy ma'no bor. Zero, Navoiy o‘zining hayoti va faoliyatini yurt Mustaqilligi va tinchligi, o‘zbek tilining nash'u namosi uchun baxshida etgan edi.
 

 
Bugun  Alisher Navoiy haqli suratda jahon madaniyatining mumtoz vakillari safidan o‘rin oldi. Asarlari jahondagi yuzlab tillarga tarjima qilindi. Dunyo ahli uning merosi bilan qiziqmoqda, asarlarida tarannum etilgan olijanob g‘oyalar va falsafiy mushohadalaridan zavq olmoqda.


 
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston  Milliy kutubxonasida 6 fevral  kuni Respublika  ma'naviyat targ‘ibot markazi,   O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Milliy universiteti hamkorligida “Alisher Navoiy ijodi - milliy ma'naviy xazinamiz” mavzuidagi  ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.  Tadbirni Milliy kutubxona direktori A.Xodjayev va Respublika  Ma'naviyat-targ‘ibot markazi rahbari  G‘ulom Mirzayev ochdilar.  Unda  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari, shoir S.Sayyid, filologiya fanlari doktori, professor N.Jabborov, Respublika Ma'naviyat-targ‘ibot markazi bo‘lim mudiri Z.G‘afforova, “Postda” gazetasi bosh muharriri, shoir Z.Ne'matov, shoira M.Ulug‘ova, shoir Sh.Qurbonlar so‘zga chiqib hazrat Alisher Navoiyning ijodi va faoliyati to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. G‘azallariga yozilgan muxammaslarini o‘qidilar. Tadbirni maroqli va mazmunli o‘tishini San'at va madaniyat instituti talabalarining badiiy chiqishlari ham ta'minladi.
 

Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 572 yilligi respublika miqyosida keng nishonlanayotgan bir paytda mazkur anjuman kutubxona hayotida ham o‘ziga xos voqea bo‘ldi.

 

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar