Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“Paxtachilik sevimli soham” kitobi taqdimoti
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining ko‘rgazmalar zalida 2013 yil 5 fevralda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati Normurod  Xolmurodovning “Paxtachilik sevimli soham” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda olimlar va Toshkent davlat agrar universiteti  professor-o‘qtituvchilari hamda talabalari  ishtirok etdi. 
So‘zga chiqqan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining o‘simiklar eksperimental biologiya ilmiy tadqiqot instituti laboratoriya mudiri T.Muhiddinov, Toshkent davlat agrar universitetining “O‘simlikshunoslik” kafedrasi dotsenti B.Azimov, Milliy kutubxonaning Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar xizmati rahbari  Z.Isomiddinov, Dispetcherlik xizmati rahbari M. Matmuradovalar muallifning ushbu kitobi haqida o‘zlarining fikrlarini bildirdilar. 
Paxtachilikni o‘zining sevimli sohasi deya e'tirof etgan va bu borada o‘zining biografik tarzdagi asarini yozgan Normurod Xolmurodovning kitobi mazkur soha bilan qiziquvchilarga, talaba va tadqiqotchilarga tavsiya etildi. 
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar