5–fevral seshanba kuni BMT Taraqqiyot Dasturining O’zbekistondagi Vakolatxonasi va Alisher Navoi nomidagi O’zbekiston Milliy Kutubxonasi tomonidan BMT Taraqqiyot Dasturining O’zbekistondagi Vakolatxonasi va Alisher Navoi nomidagi O’zbekiston Milliy Kutubxonasi o’rtasida o’zaro anglashuv Memorandumi imzolanishi munosabati bilan press-konferentsiya tashkil etdi.
O’zaro anglashuv Memorandumiga binoan, Loyiha va Milliy Kutubxona o’zaro xamkorlikni quydagi javhalarda belgilab olishdi: keng omma va shu jumladan imkoniyati cheklangan kutubxonaga tashrif buyuruvchilar bilan kutubxona xodimlarining AKTlarni qo’llash bo'yicha treninglarni tashkil etish; innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash va innovatsion g'oyalarni rivojlantirish; ilmiy, tahliliy va metodik qollanmalarni, informatsion hujjatlarni ayriboshlash va ishlab chiqish, ilm-fan masalalarda konferentsiyalar, ma’ruzalar, seminar va davra suhbatlarni tashkil etish; ikki tomonni qiziqtiradigan qo’shma loyihalarni amalga oshirish.
O’zbekiston Milliy Kutubxonasida BMTTD xonasi „MRM va ko’ngililik“ diskussion klubining uchrashuvlarini o’tkazish joyi va BMTTD va boshqa BMT agentliklarining O’zbekistonda faoliyatiga tegishli ma’lumotlar va nashriyotlarning markazi sifatida ishlayapti.