Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida Kanada davlatining O’zbekistondagi faxriy еlchixonasidan tantanali ravishda kitob taqdim etish marosimi o’tkazildi.
2013 yil 28 yanvar kuni Djon Sloan boshchiligida Kanadaning Ishbilarmon doirasi vakillari O’zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida mehmonlar uchun tanishuv ekskursiyasi o’tkazildi va Milliy kutubxona faoliyatida joriy qilingan zamonaviy kutubxona-axborot texnologiyalari bilan tanishib chiqildi. Shuningdek, chet el adabiyotlari “Jahon” o’quv zalida ingliz va fransuz tillarida Kаnadaning tarixi, madaniyati va san’ati kitoblarining taqdimot marosimi bo’lib o’tdi. Marosimda kitobxonlar Kanadaning madaniyati, an’anasi, hayoti, davlatning tuzilishiga oid qiziqarli savollar-javoblar bilan qatnashdilar.
