Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida 2012 yildan milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda.
2013 yil 21 - 25 yanvar holatiga ko‘ra Milliy Kutubxonada AIBS dasturiga ma'lumot kiritish ishlari bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi:
65 nusxa gazeta; 38 nusxa jurnal; jami 742 bibliografik yozuv kiritildi; 389 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) va davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berish ishlari bo‘yicha quydagilar amalga oshirildi:
83 ta ISBN raqami (kattalar uchun 78 ta va bolalar uchun 5 ta) 19 ta yuk xati, schet-fakturalar berildi. 44 ta kattalar adabiyoti va 4 ta bolalar adabiyoti uchun 8 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
ISSN. 377 ta davriy nashrga hisob-kitob shartnomasi tuzildi. Shundan 305 ta shartnomalar Respublikadagi tahririyatlarga yetkazildi, 10 ta nashrga yuk xati schet-fakturalar berildi.