Kutubxonada zamonaviy yuqori samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda axborotlar olishning manbai, shakl va metodlarini tanlash imkoniyatini ta'minlash tamoyili asosida aholining, ayniqsa yoshlarning intellektual, bilim, ma'naviy-ahloqiy va madaniy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish maqsadida milliy kutubxona qator ishlarni amalga oshirmoqda.
Milliy kutubxona tarkibidagi O‘qish zallari xizmati kutubxona foydalanuvchilariga axborot-kutubxona xizmatini amalga oshirib kutubxona fondidagi: bosma, elektron, audiovizual, mikroplenka va mikrofishlar ko‘rinishida kutubxona resurslarini taqdim qiladi. Shuningdek, kutubxonadan foydalanish qoidalari va qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish preskuranti asosida foydalanuvchilarga qo‘shimcha (pullik) xizmat turlarini ko‘rsatadi.
2013 yil boshidan qo‘shimcha xizmat turlaridan foydalangan kitobxon o‘z hisobini to‘ldirishi zarur. Buni amalga oshirish uchun kutubxonada “Natlib-Service” elektron dasturi ishga tushirildi. Dasturda foydalanuvchi o‘z hisobini to‘ldirgani, qaysi qo‘shimcha xizmat turlaridan foydalangani, balansida qancha puli qolgani haqidagi ma'lumotlarni kutubxonaning AIBS-dasturidagi “Shaxsiy kabinetida” ko‘rishi mumkin.
Kutubxona xizmatlaridan foydalangan kitobxon hisobidan yechib olinadigan miqdor albatta foydalanuvchini shaxsiy paroli yordamida amalga oshiriladi. Har bir foydalanuvchi shaxsiy parolini esa faqatgina shu foydalanuvchi biladi.
Hurmatli foydalanuvchilar! Ushbu xizmat turidan foydalaning!