Joriy yilning 14-18 yanvargacha Kataloglashtirish va turkumlash-tirish xizmati tomonidan 144 ta yangi nomdagi kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 64 ta; tibbiyot - 1ta; ta'lim va madaniyat - 16 ta, badiiy adabiyotlar - 43 ta; texnika - 2 ta; san'at - 2 ta;
q.x.-1 ta; tarix - 5 ta; psixologiya - 1 ta; adabiyotshunoslik - 1 ta; tabiiy fanlar - 8 ta) qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarni 218 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi.
69 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 364900 taga yetdi.