Foydali resurslar
O‘tmish va hozirgi kunni bog‘lab turuvchi muhim voqyealar, xalqimiz ko‘p yillardan beri nishonlab kelinayotgan bayramlar va tadbirlar haqidagi ma'lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan “Mustaqil O‘zbekistonning muhim va unutilmas sanalari” taqvimi o‘zbek va rus tillarida har yili tayyorlanishi an'anaga aylangan.
Ushbu taqvimda asosan o‘lkashunoslik mazmunidagi ma'lumotlar kiritilgan bo‘lib, mamlakatimizning ijtimoiy - siyosiy, madaniy hayotiga oid unitilmas sanalar hamda davlat va jamoat arboblari, san'at va fan fidoyilarining tavallud sanalari berilgan.
Muhim sanalar xronologik tartibda oylar bo‘yicha, so‘ngra 2013 yilda nishonlanadigan yirik yubiley sanalari joylashtirilgan.
Ushbu taqvim keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
Yanvar
1 yanvar - Yangi yil bayrami. Yangi yilning birinchi kuni.
1 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi hamda Slovakiya Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1993).
1 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi hamda Chexiya Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1993).
2 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi Jahon metrologiya tashkilotiga (JMT) a'zo bo‘lgan kun (1993).
2 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi hamda Xitoy Xalq Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
5 yanvar - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, kimyogar olim Shukur Tolipovich Tolipov (1908-1990) tavalludining 105 yilligi.
6 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi hamda Sudan Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (2005).
7 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi hamda Turkmaniston bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1993).
10 yanvar - Ichki Qo‘shinlar tashkil topgan kun (1992).
14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni (1993).
15 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Buxoro viloyati tashkil etilganligining (1938) 75 yilligi.
15 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Toshkent viloyati tashkil etilganligining (1938) 75 yilligi.
15 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Farg‘ona viloyati tashkil etilganligining (1938) 75 yilligi.
16 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi hamda Sloveniya Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1995).
17 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi hamda Vyetnam Sotsialistik Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
18 yanvar - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, kimyogar olim Malik Nabiyevich Nabiyev (1913-1990) tavalludining 100 yilligi.
18 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi hamda Yugoslaviya Sotsialistik Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1995).
21 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi hamda Belorussiya Respubkasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1993).
23 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi hamda Misr Arab Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
24 yanvar - Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil topgan kun (1992).
25 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi hamda Daniya Qirolligi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
25 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi hamda Mongoliya o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
26 yanvar - Butunjahon Bojxonachilar kuni (1983).
26 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi hamda Yaponiya o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
28 yanvar - “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniya tashkil topgan kun (1992).
29 yanvar - O‘zbekiston xalq hofizi, xonanda va bastakor Jo‘raxon Sultonov (1903-1965) tavalludining 110 yilligi.
29 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi hamda Koreya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
30 yanvar - O‘zbekiston Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga qabul qilingan kun (1992).
30 yanvar - O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti, davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov (1938) tavalludining 75 yilligi.
30 yanvar - Zargarlar kasb bayrami.
Fevral
1 fevral - O‘zbekiston Respublikasi hamda Zambiya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1994).
1 fevral - Koreys tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilgan kun (2001).
6 fevral - Abdulla Qodiriy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta'sis etilgan kun (1991).
6 fevral - O‘zbekiston Respublikasi hamda Xorvatiya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1995).
7 fevral - O‘zbekiston Respublikasi hamda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
8 fevral - O‘zbekiston Respublikasi hamda Myanma Ittifoqi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (2001).
9 fevral - Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy (1441-1501) tavallud topgan kun.
10 fevral - Aeroflot kuni (1979) (har yili fevral oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi).
10 fevral - O‘zbekiston xalq artisti, kompozitor, pedagog Boris Isaakovich Zeydman (1908-1981) tavalludining 105 yilligi.
13 fevral - O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tashkil etilgan kun (2001).
13 fevral - O‘zbekiston Respublikasi hamda Mali Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1997).
14 fevral - O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi, mohir sarkarda Mirzo Bobur (1483-1530) tavallud topgan kun.
15 fevral - O‘zbekiston Respublikasi hamda Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1993).
16 fevral - O‘zbekiston Respublikasi hamda Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1993).
16 fevral - O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (XIHT) ga a'zo bo‘lgan kun (1992).
17 fevral - Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi tashkil topgan kun (1863 y., Jeneva).
18 fevral - O‘zbekiston Respublikasi hamda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qo‘shma Qirolligi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
19 fevral - O‘zbekiston Respublikasi hamda Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
20 fevral - O‘zbekiston Respublikasi hamda Saudiya Arabistoni o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
21 fevral - Xalqaro ona tili kuni (YUNESKO).
21 fevral - O‘zbekiston Respublikasi hamda Malayziya o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
22 fevral - O‘zbekiston Respublikasi hamda Isroil Davlati o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
23 fevral - “O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi” tuzilgan kun (1991).
24 fevral - O‘zbekiston Respublikasi xalqaro pochta ittifoqiga a'zo bo‘lgan kun (1994).
25 fevral - O‘zbekiston Respublikasi hamda Malta Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1993).
25 fevral - Tashqi Ishlar vazirligi huzuridagi tashqi siyosiy va xalqaro munosabatlarga oid xabarlarni tarqatuvchi “Jahon axborot agentligi” tashkil etilgan kun (1994).
26 fevral - O‘zbekiston Respublikasi hamda Finlyandiya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
26 fevral - O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Iqtisodiy Aloqalar tashkiloti (XIA)ga a'zo bo‘lgan kun (1992).
Mart
1 mart - Butunjahon fuqarolar mudofaasi kuni.
1 mart - O‘zbekiston Respublikasi hamda Fransiya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
1 mart - Giyohvandlik va giyohvand moddalar bilan savdo qilishga qarshi xalqaro kurash kuni.
1 mart - O‘zbekiston Respublikasida BMTning Bolalar jamg‘armasi - YUNISEF vakolatxonasi ochilgan kun.
2 mart - Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi BMTga a'zo bo‘lganligining 21 yilligi (1992).
3 mart - O‘zbekiston Respublikasi hamda Vengriya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
4 mart - O‘zbekiston Ichki Ishlar vazirligi qorovul qo‘shinlari kuni (1999).
4 mart - O‘zbekiston Favqulodda Vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kun (1996).
4 mart - O‘zbekiston Respublikasi hamda Turkiya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
5 mart - “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta'sis etilgan kun (1993).
6 mart - O‘zbekiston Respublikasi hamda Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
8 mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami.
10 mart - O‘zbekiston NATO qoshidagi Shimoliy Atlantika hamkorligi kengashiga a'zo bo‘lib kirgan kun (1992).
10 mart - O‘zbekiston Respublikasi hamda Belgiya Qirolligi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
14 mart -"O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi" faxriy unvoni ta'sis etilgan kun(1987).
14 mart - O‘zbekiston Respublikasi Faxriylar tashkilotlari uyushmasi tuzilgan kun (1987).
15 mart - Xalqaro iste'molchilar huquqlarini himoya qilish kuni.
16 mart - O‘zbekiston Respublikasi hamda Gretsiya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
16 mart - O‘zbekiston Respublikasi hamda Meksika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
17 mart - O‘zbekiston Respublikasi hamda Ispaniya Qirolligi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
17 mart - Butunjahon Dengiz kuni.
17 mart - “O‘zbekkino” Milliy agentligi tashkil etilgan kun (2004).
18 mart - O‘zbekiston futbol kuni.
18 mart - O‘zbekiston Respublikasi hamda Hindiston Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
19 mart - O‘zbekiston Respublikasi hamda Polsha Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
19 mart - O‘zbekiston Respublikasi hamda Yangi Zelandiya o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
20 mart - O‘zbekiston Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
21 mart - Navro‘z bayrami. Umumxalq bayrami kuni (1992).
21 mart - Xalqaro qo‘g‘irchoqbozlar kuni (2002).
21 mart - Xalqaro irqiy kamsitishlarni bartaraf etish uchun kurashish kuni.
22 mart - Butunjahon suv kuni (1992).
23 mart - Butunjahon metrologiya kuni (1950).
24 mart - Butunjahon sil kasalligiga qarshi kurash kuni.
24 mart - O‘zbekiston Respublikasining Chegara qo‘shinlari tashkil etilgan kun (1992).
24 mart - O‘zbekiston Respublikasi hamda Italiya o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
25 mart - O‘zbekiston Respublikasi xalqaro madaniy-ma'rifiy aloqalar milliy uyushmasi tashkil etilgan kun (1992).
25 mart - O‘zbekiston Respublikasi hamda Avstriya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
27 mart - Xalqaro teatr kuni (1961).
Aprel
1 aprel - Xalqaro kulgi kuni.
1 aprel - Butunjahon qushlar kuni.
2 aprel - Xalqaro bolalar kitobi kuni.
5 aprel - O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun (1993).
7 aprel - O‘zbekiston Respublikasi hamda Kanada o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
7 aprel - Geologlar kuni (har yili aprel oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi).
7 aprel - Butunjahon salomatlik kuni (1948).
8 aprel - O‘zbekiston Respublikasi hamda Singapur Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1997).
8 aprel - O‘zbekiston Respublikasi hamda Shvetsiya Qirolligi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
9 aprel - Sohibqiron, buyuk sarkarda Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun.
9 aprel - Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi va Davlat Gerbi tasdiqlangan kun (1993).
11 aprel - Fashist konslagerlaridan tutqunlarni ozod qilish xalqaro kuni.
12 aprel - Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni (1962).
13 aprel - O‘zbekiston Respublikasi hamda Filippin Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
14 aprel - O‘zbekiston Respublikasining “Amir Temur ordenini ta'sis etish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan kun (1996).
15 aprel - Yozuvchi, olim, jamoat arbobi Sadriddin Ayniy (1878-1954) tavalludining 135 yilligi.
17 aprel - Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari kuni.
18 aprel - Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kuni.
21 aprel - Ilm-fan kuni (har yili aprel oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi).
22 aprel - O‘zbekiston Respublikasi hamda Ummon Sultonligi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
22 aprel - Xalqaro yer sayyorasi kuni (BMTda 1990 yil e'lon qilingan).
23 aprel - Xalqaro kitob va mualliflik huquqlarini himoya qilish kuni (YUNESKOning 28-konferensiyasida 1995 yilda e'lon qilingan).
24 aprel - O‘zbekiston Respublikasi hamda Suriya Arab Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
24 aprel - Yoshlarning xalqaro birdamlik kuni (1957).
25 aprel - “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati tashkil topgan kun (2001).
26 aprel - O‘zbekiston Respublikasi hamda Venesuela Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1996).
26 aprel - Amir Temur ordeni ta'sis etilgan kun (1996).
26 aprel - Xalqaro intellektual mulk kuni.
28 aprel - Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni (2003).
28 aprel - Xalqaro olamni asrash kuni (har yili aprel oyining to‘rtinchi yakshanbasida nishonlanadi) (1990).
29 aprel - Butunjahon birodarlashgan shaharlar kuni (1957).
29 aprel - Xalqaro raqs kuni.
30 aprel - O‘zbekiston Respublikasi hamda Braziliya Federativ Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1993).
30 aprel - O‘zbekiston Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga a'zo bo‘lgan kun (1992).
May
1 may - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tarixchi - arxeolog olim Yahyo G‘ulomovich G‘ulomov (1908-1977) tavalludining 105 yilligi.
3 may - Butunjahon matbuot erkinligi kuni (1934).
5 may - “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va “Oltin yulduz” medali, “Mustaqillik”, “Do‘stlik” ordenlari hamda “Jasorat”, “Shuhrat” medallari ta'sis etilgan kun (1994).
6 may - O‘zbekiston Respublikasi hamda Tailand Qirolligi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
7 may - O‘zbekiston Respublikasi hamda Shveysariya Konfederatsiyasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
7 may - Radio kuni (1895).
9 may - Xotira va Qadrlash kuni - umumxalq bayrami (1999).
9 may - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tarixchi olim Habib Tursunovich Tursunov (1913-1987) tavalludining100 yilligi.
10 may - O‘zbekiston Respublikasi hamda Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
10 may - O‘zbekiston Respublikasi hamda Eron Islom Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
10 may - O‘zbekiston xalq shoiri G‘afur G‘ulom (1903-1966) tavalludining 110 yilligi.
12 may - Xalqaro hamshiralar kuni.
14 may - O‘zbekiston Respublikasi hamda Bosniya va Gersegovina Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1996).
15 may - Butunjahon oila kuni (1994).
17 may - Xalqaro elektraloqa kuni (1969).
18 may - Xalqaro muzeylar kuni (1977).
19 may - O‘zbekiston Respublikasi tog‘-metalurgiya sanoati xodimlari kuni (har yili may oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi) (2001).
19 may - Toshkentda Xalqaro Islom tadqiqot markazi ochilgan kun (1995).
21 may - Xalqaro metrologiya kuni (YUNESKO qarori bilan har yili shu kun nishonlanadi).
22 may - Xalqaro biologik rang-baranglik kuni.
23 may - O‘zbekiston Respublikasi hamda Komor Orollari o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (2005).
25 may - O‘zbekiston Respublikasi hamda Urugvay o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1998).
25 may - O‘zbekiston Respublikasi hamda Yaman Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
26 may - Kimyogarlar kuni (1956) (har yili may oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).
29 may - O‘zbekiston Respublikasi hamda Bahrayn Davlati o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
30 may - O‘zbekiston Respublikasi hamda Kipr Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1997).
31 may - Butunjahon tamaki chekishga qarshi kurash kuni.
31 may - O‘zbekiston xalq artisti, raqqosa, baletmeyster, o‘zbek ommaviy sahna raqsining asoschisi Mukarram Turg‘unboyeva (1913-1978) tavalludining 100 yilligi.
31 may - O‘zbekiston Respublikasi hamda Angola Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (2002).
Iyun
1 iyun - Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni.
2 iyun - Melioratorlar kuni (har yili iyun oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi).
3 iyun - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, huquqshunos olima Xadicha Sulaymonova (1913-1965) tavalludining 100 yilligi.
5 iyun - Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni.
7 iyun - O‘zbekiston Respublikasi hamda Kosta-Rika Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (2001).
9 iyun - Yengil sanoat xodimlari kuni (har yili iyun oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi)
10 iyun - O‘zbekiston Respublikasi hamda Lyuksemburg Buyuk Gersogligi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992)
10 iyun - O‘zbekiston Respublikasi hamda Norvegiya Qirolligi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992)
10 iyun - Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta'sis etilgan kun (1999).
14 iyun - Butunjahon donorlar kuni.
16 iyun - Tibbiyot xodimlari kuni (har yili iyun oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi)
16 iyun - Butun o‘zbek olimpik yugurish kuni (har yili iyun oyining uchinchi yakshanbasida o‘tkaziladi).
17 iyun - Butunjahon Sahrolanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish kuni.
19 iyun - Butunjahon bolalar futboli kuni.
19 iyun - O‘zbekiston Respublikasi hamda Iroq Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1993).
20 iyun - O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilingan kun (1990).
20 iyun - O‘zbekiston Respublikasi hamda Bruney-Dorussalom bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1996).
20 iyun - Butunjahon qochoqlar kuni.
23 iyun - Xalqaro Olimpiada kuni.
23 iyun - O‘zbekiston Respublikasi hamda Indoneziya Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
24 iyun - O‘zbekiston Respublikasi hamda Gvineya Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1993)
24 iyun - O‘zbekiston Respublikasi hamda Gvineya Ekvator Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1993)
26 iyun - Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurash kuni.
26 iyun - “Madad” sug‘urta agentligi 1995 yil 26 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra tashkil etilgan kun.
27 iyun - O‘zbekiston matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni (1993 yil 24 iyun O‘zbekiston Respublikasi farmoni).
29 iyun - Ixtirochilar va ratsianalizatorlar kuni (har yili iyun oyining oxirgi shanbasida nishonlanadi).
30 iyun - O‘zbekiston Respublikasi hamda Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
30 iyun - Savdo, matbuot, kooperatsiyasi va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish xodimlari kuni (har yili iyun oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).
30 iyun - Bibliograf, kitobshunos, tarixchi va sharqshunos olim Yevgeniy Karlovich Betger (1887-1956) tavallud topgan kun.
Iyul
1 iyul - O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi - so‘m muomalaga kiritilgan kun (1994).
1 iyul - Dengiz va daryo floti xodimlari kuni (1976).
1 iyul - “O‘zimpeksaloqa” tashqi savdo firmasi tashkil etilgan kun (1993).
1 iyul - Butunjahon me'morlar kuni (1985).
2 iyul - O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi tasdiqlangan kun (1992).
5 iyul - Yo‘l jamg‘armasi tashkil etilgan kun. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 5 iyuldagi qaroriga asosan)
7 iyul - Xalqaro kooperatsiya kuni (1994) (har yili iyul oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi).
8 iyul - O‘zbekiston Respublikasi hamda Quvayt bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1994).
10 iyul - O‘zbekiston Respublikasi xalqaro elektraloqa Ittifoqi (XEI)ga to‘laqonli a'zo bo‘lgan kun (1992).
10 iyul - O‘zbekiston Respublikasi hamda Niderlandiya Qirolligi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
12 iyul - Ma'rifatparvar, jurnalist, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniy (1878-1934) tavalludining 135 yilligi.
13 iyul - O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Mehnat tashkilotiga a'zo bo‘lgan kun (1992).
14 iyul - Xalqaro baliqchilar kuni (har yili iyul oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi).
15 iyul - O‘zbekiston Respublikasi hamda Efiopiya Xalq Demokratik Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1996)
15 iyul - Fan va madaniyat xalqaro jamg‘armasi tashkil etilgan kun (1996).
20 iyul - Butunjahon shaxmat kuni.
20-21 iyul - “Imom al-Buxoriy kuni”.
Avgust
4 avgust - O‘zbekiston Respublikasi hamda Mavrikiy Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1999).
4 avgust - Mahallalar kuni (har yili avgust oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi).
4 avgust - Temir yo‘lchilar kuni (1936) (har yili avgust oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi).
5 avgust - O‘zbekiston Respublikasi hamda Litva Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
6 avgust - Butunjahon yadro qurollarini taqiqlash uchun kurashish kuni (1946). Xirosima fojeasi kuni.
8 avgust - O‘zbekiston Respublikasi hamda Yamayka o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1996).
9 avgust - Xalqaro jahon tub xalqlari kuni.
10 avgust - Fizkulturachilar kuni (har yili avgust oyining ikkinchi shanbasida nishonlanadi).
11 avgust - Quruvchilar kuni (har yili avgust oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi).
12 avgust - O‘zbekiston Respublikasi hamda Portugaliya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
12 avgust - O‘zbekiston Respublikasi hamda Janubiy Afrika Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlarni o‘rnatgan kun (1992).
12 avgust - O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati tashkil topgan kun.
13 avgust - O‘zbekiston xalq artisti, bastakor, sozanda Muhammadjon Mirzayev (1913-1999) tavalludining 100 yilligi.
17 avgust - O‘zbekiston Respublikasi hamda Namibiya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1999).
18 avgust - O‘zbekiston Respublikasi hamda Gruziya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1994).
18 avgust - O‘zbekiston Respublikasining havo floti kuni (1995) (har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi).
18 avgust - “O‘zbekiston-Vatanim manim” qo‘shiq bayrami kuni (1996) (har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi).
22 avgust - Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirilgan kun (1997).
23 avgust - O‘zbekiston Respublikasi hamda Moldova Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1994).
25 avgust - O‘zbekiston Respublikasi hamda Ukraina diplomatik o‘rtasida o‘zaro munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
25 avgust - Shaxtyorlar kuni (har yili avgust oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).
25 avgust - O‘zbekiston xalq hofizi, sozanda Fattohxon Mamadaliyev (1923-1999) tavalludining 90 yilligi.
27 avgust - Xalqaro Talabalar Ittifoqi tashkil topgan kun.
27 avgust - Kino kuni (1979).
27 avgust - O‘zbekiston Respublikasi hamda Paragvay Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (2001).
28 avgust - O‘zbekiston Respublikasi hamda Nigeriya Federativ Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
28 avgust - “El-yurt hurmati” ordeni va “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni ta'sis etilgan kun (1998).
30 avgust - “Shon-sharaf” ordeni ta'sis etilgan kun (1995).
30 avgust - “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta'sis etilgan kun (2000).
30 avgust - O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg‘armasi tashkil etilgan kun(1996).
31 avgust - Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni (2001).
Sentyabr
1 sentyabr - O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni (1991).
1 sentyabr - O‘zbekiston xalqaro bloklarga qo‘shmaslik harakatiga a'zo bo‘lgan kun (1992).
1 sentyabr - Samarqand qo‘g‘irchoq teatri tashkil topgan kun.
1 sentyabr - Toshkentda Olimpiya shon-shuhrat muzeyi - ochilgan kun.
1 sentyabr - Neft va gaz sanoati ishchilari kuni (har yili sentyabr oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi).
2 sentyabr - Yangi 2013-2014 o‘quv yilining boshlanish kuni - Bilimlar kuni.
4 sentyabr - Buyuk o‘zbek mutafakkiri olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy (973-1048) tavalludining 1040 yilligi.
5 sentyabr - O‘zbekiston Respublikasi hamda Bolgariya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
7 sentyabr - O‘zbekiston Respublikasi hamda Kambodja davlati o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1995).
8 sentyabr -Xalqaro fashizm qurbonlarini xotirlash kuni (har yili sentyabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi).
9 sentyabr - O‘zbekiston Respublikasi hamda Argentina Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1993).
9 sentyabr - Butunjahon husn-latofat va go‘zallik kuni.
10 sentyabr - O‘zbekiston Respublikasi hamda Laos Xalq Demokratik Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun(1992).
13 sentyabr - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti ta'sis etilgan kun (1989).
15 sentyabr - O‘zbekiston Respublikasi Chili Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1994).
15 sentyabr - Xalqaro tinchlik kuni.
16 sentyabr - O‘zbekiston Respublikasi Chad Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1994).
16 sentyabr - Bahouddin Naqshband kuni (1993).
16 sentyabr - Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni (1995).
17 sentyabr - O‘zbekiston xalq yozuvchisi, noshir, tarjimon, dramaturg Abdulla Qahhor (1907-1968) tavallud topgan kun.
Oktyabr
1 oktyabr - O‘qituvchilar va murabbiylar kuni (1996).
1 oktyabr - Xalqaro qariyalar kuni (1992).
2 oktyabr - O‘zbekiston Respublikasi hamda Ozarbayjon Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1995).
6 oktyabr - O‘zbekiston Respublikasi hamda Ruminiya bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1995).
6 oktyabr - O‘zbekiston Respublikasi hamda Senegal Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1995).
7 oktyabr - Xalqaro shifokorlar kuni (1984) (har yili oktyabr oyining birinchi dushanbasida nishonlanadi).
9 oktyabr - Butunjahon pochta kuni (1874).
11 oktyabr - O‘zbekiston Respublikasi hamda Marokash Qirolligi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1993).
11 oktyabr - O‘zbekiston Respublikasi hamda Shri-Lanka bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1999) .
13 oktyabr - O‘zbekiston Respublikasi hamda Afg‘oniston Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
13 oktyabr - Xalqaro ofatni kamaytirish kuni.
13 oktyabr - Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni (har yili oktyabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi).
14 oktyabr - Xalqaro standartlashtirish kuni (1946).
15 oktyabr - O‘zbekiston xalqaro Moliya koorperatsiyasiga a'zo bo‘lgan kun.
15 oktyabr - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi, yozuvchi, tarjimon Mirzakalon Ismoiliy (1908-1986) tavalludining 105 yilligi.
15 oktyabr - O‘zbekiston Respublikasi hamda Bangladesh Xalq Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
16 oktyabr - Butunjahon allergik kasalliklarga qarshi kurash kuni.
17 oktyabr - O‘zbekiston Respublikasi hamda Vatikan Davlati bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
18 oktyabr - Samarqand shahri kuni (1996).
20 oktyabr - Xiva kuni.
20 oktyabr - Oziq-ovqat sanoati xodimlari kuni (haryilioktyabr oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi).
20 oktyabr - O‘zbekiston Respublikasi hamda Tojikiston Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
21 oktyabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan kun (1989).
22 oktyabr - Estrada san'atini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilgan kun (2001).
22 oktyabr -O‘zbekiston Respublikasi hamda Livan Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1998).
23 oktyabr - O‘zbekiston Respublikasi hamda Qozog‘iston Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
23 oktyabr - O‘zbekiston Respublikasi YUNESKOga a'zo bo‘lgan kun (1993).
23 oktyabr - O‘zbekiston bolalar kutubxonalarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashuvchi xayriya jamg‘armasi tashkil etilgan kun (2001).
24 oktyabr - Xalqaro BMT kuni (1947).
25 oktyabr - Xalqaro tinchlik uchun xotin-qizlar kurashishi kuni.
25 oktyabr - O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar xodimlari kuni.
25 oktyabr - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi, dramaturg, adabiyotshunos, tarjimon, pedagog Maqsud Shayxzoda (1908-1967) tavalludining 105 yilligi.
25 oktyabr - O‘zbekiston Respublikasi hamda Birlashgan Arab Amirliklari bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
25 oktyabr - O‘zbekiston Respublikasi hamda Estoniya Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1994).
27 oktyabr - Avtomobil transporti xodimlari kuni (har yili oktyabr oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).
27 oktyabr - O‘zbekiston Respublikasi hamda Armaniston Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1995).
28 oktyabr - Xalqaro maktab kutubxonalari kuni (har yili oktyabr oyining to‘rtinchi dushanbasida nishonlanadi).
28 oktyabr - O‘zbekiston Respublikasi hamda Gana Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1993).
31 oktyabr - Toshkentda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy markazi tuzilgan kun (1996).
Noyabr
1 noyabr - O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) tashkil topgan kun (1991).
3 noyabr - O‘zbekiston Respublikasi hamda Latviya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992)
4 noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tashkil etilganligining (1943) 70 yilligi.
4 noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining tarix instituti tashkil etilganligining (1943) 70 yilligi.
5 noyabr - Toshkent televideniyasining doimiy tajriba-sinov ko‘rsatuvlari namoyishi boshlangan kun (1956).
7 noyabr -O‘zbekiston Respublikasi hamda Irlandiya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1997)
7 noyabr - Mashhur sayyoh, elchi va tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy (Kamoliddin Abdurazzoq ibn Jaloliddin Ishoq Samarqandiy 1413-1482) tavalludining 600 yilligi.
10 noyabr - Butunjahon Yoshlar kuni (1945).
10 noyabr - Tibbiyot xodimlari kuni (har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi).
12 noyabr - Butunjahon sifat kuni (1989).
14 noyabr - Xalqaro qandli diabetga qarshi kurash kuni.
15 noyabr - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, O‘zbekiston FA akademigi, kimyogar olim Obid Sodiqovich Sodiqov (1913-1987) tavalludining 100 yilligi.
16 noyabr - Xalqaro bag‘rikenglik kuni.
16 noyabr - YUNESKOning Nizomi tasdiqlangan kun (London, 1945 y.)
18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasdiqlangan kun (1991).
19 noyabr - O‘zbekiston Qurolli kuchlari artilerriyasi kuni.
20 noyabr - Bola huquqlari Deklaratsiyasi qabul qilingan kun (1959).
21 noyabr - Butunjahon televideniya kuni (1996).
21 noyabr - Butunjahon salomatlik uchun kurashish kuni (1913).
21 noyabr - Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi tashkil topgan kun (1995).
23 noyabr - O‘zbekiston Respublikasi hamda Albaniya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlaro‘rnatilgan kun (1993).
24 noyabr - Paxta bayrami (har yili noyabr oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).
26 noyabr - O‘zbekiston Respublikasi hamda Tunis Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
27 noyabr - O‘zbekiston Respublikasi hamda Qatar Davlati o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1997)
Dekabr
1 dekabr - Butunjahon orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) kasalligiga qarshi kurash kuni.
3 dekabr - Xalqaro nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni (1993).
4 dekabr - O‘zbekiston Faxriylari ijtimoiy qo‘llab-quvvatlab himoyalash “Nuroniy” jamg‘armasi tashkil topgan kun (1996).
4 dekabr - Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat Madhiyasi tasdiqlangan kun (1993).
5 dekabr - Xalqaro ko‘ngillilar kuni.
7 dekabr -O‘zbekiston xalq artisti, opera xonandasi Halima Nosirova (1913-2003) tavalludining 100 yilligi.
7 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi hamda Maldiv Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1994).
8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun (1992).
10 dekabr - Inson haq-huquqlari kuni (1948).
10 dekabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun (1992).
11 dekabr - YUNISEF-BMT Bolalar fondi tashkil topgan kun (1946).
14 dekabr - Qoraqalpog‘iston Respublikasining suverenligi e'lon qilingan kun (1990).
14 dekabr - Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat Bayrog‘i tasdiqlangan kun (1992).
16 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi FIFAga a'zo bo‘lgan kun (1992).
21 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi (MDH 1991 y. 8 dekabrda Minskda tuzilgan) tashkilotiga a'zo bo‘lgan kun (1991).
22 dekabr - Energetika xodimlari kuni.
22 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi hamda Peru Respublikasio‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1999)
25 dekabr - Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani tashkil etilganining (1968) 45 yilligi.
25 dekabr - Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumani tashkil etilganining (1968) 45 yilligi.
26 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi hamda Avstraliya o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1991).
28 dekabr - Jizzax viloyati tashkil etilganligining (1973) 40 yilligi.
29 dekabr - Respublika Davlat Mustaqilligi masalasi bo‘yicha umumxalq Referendumi hamda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tgan va unda Islom Karimov Prezident etib saylangan kun (1991).
31 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi hamda Makedoniya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1994).
2013 yilda nishonlanadigan sanalar
O‘rta osiyolik buyuk matematik, astronom, geograf, qomusiy olim Abu Ja'far Xorazimiy (783-850) tavalludining 1230 yilligi.
Fors-tojik shoiri Abu Abdulla Ja'far Rudakiy (858-941) tavalludining 1155 yilligi.
Ulug‘ mutafakkir va qomusiy olim Abu Nasir Farobiy (873-950) tavalludining 1140 yilligi.
Ulug‘ o‘zbek mutafakkir olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy (973-1048) tavalludining 1040 yilligi.
Matematik, astronom, faylasuf, hakim va mutafakkir shoir Umar Xayyom (1048-1131) tavalludining 965 yilligi.
Tasavvuf tariqatining asoschisi Abduxoliq G‘ijduvoniy (1103-1179) tavalludining 910 yilligi.
Xorazmshohlar davlatining so‘ngi hukumdori, mohir sarkarda Jaloliddin Manguberdi (1198-1231) tavalludining 815 yilligi.
Naqishbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband (1318-1389) tavalludining 695 yilligi.
Falakiyotshunos va riyoziyotchi olim Ali Qushchi (Mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy 1403-1474) tavalludining 610 yilligi.
Mashhur sayyoh, elchi va tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy (1413-1482) tavalludining 600 yilligi.
Tarixchi olim Mirxond Muhammad ibn Xovandshoh (1433-1498) tavalludining 580 yilligi.
O‘zbek mumtoz adabiyotining namoyandalaridan. Xuroson hukumdori va shoir Husayn Boyqaro (1438-1506) tavalludining 575 yilligi.
O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi, mohir sarkarda Mirzo Bobur (1483-1530) tavalludining 530 yilligi.
Ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Muhammad Sulaymon Fuzuliy (1498-1566) tavalludining 515 yilligi.
Turkman shoiri va mutafakkiri Mahtumquli (1733-1791) tavalludining 280 yilligi.
Shoir, tarixnavis, tarjimon, xattot Munis Xorazmiy (1778-1829) tavalludining 235 yilligi.
O‘zbek shoiri Zavqiy (Ubaydullo Solih o‘g‘li 1853-1921) tavalludining 160 yilligi.
O‘zbek shoiri Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat (1858-1909) tavalludining 155 yilligi.
O‘zbek dostonchisi Saidmurod Panoh o‘g‘li (1858-1945) tavalludining 155 yilligi.
O‘zbek xalq shoiri, dostonchi Ergash Jumanbulbul o‘g‘li (1868-1937) tavalludining 145 yilligi.
Siyosat va ma'rifat arbobi Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931) tavalludining 135 yilligi.
Yozuvchi, olim, jamoat arbobi Sadriddin Ayniy (1878-1954) tavalludining 135 yilligi.
O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, geolog olim Aleksandr Sergeyevich Uklonskiy (1888-1972) tavalludining 125 yilligi.
O‘zbek kino san'atining asoschisi, ilk o‘zbek kino aktyori, kinorejissyor Sulaymon Xo‘jayev (1893-1937) tavalludining 120 yilligi.
Shoir, yozuvchi, dramaturg, tarjimon, tanqidchi va jamoat arbobi CHo‘lpon (Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Yunusov 1898-1938) tavalludining 115 yilligi.
O‘zbekiston xalq shoiri G‘afur G‘ulom (1903-1966) tavalludining 110 yilligi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi, shoir, dramaturg, pedagog Maqsud Shayxzoda (1908-1967) tavalludining 105 yilligi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, kimyogar olim Malik Nabiyevich Nabiyev (1913-1992) tavalludining 100 yilligi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, huquqshunos olima Xadicha Sulaymonova (1913-1965) tavalludining 100 yilligi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, faylasuf, olim Rasulov Hasan G‘ofurovich (1913-1992) tavalludining 100 yilligi.
O‘zbekiston xalq artisti, raqqosa, baletmeyster, o‘zbek ommaviy sahna raqsining asoschisi Mukarram Turg‘unboyeva (1913-1978) tavalludining 100 yilligi.
O‘zbekiston xalq artisti, opera xonandasi Halima Nosirova (1913-2003) tavalludining 100 yilligi.