Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
16 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. Qalbga yo‘l” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
“Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e'tibori avvalambor farzandlarimizning unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir. Biz bunday o‘tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak”. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning yuqoridagi fikri hamisha dolzarb.
16 yanvar soat 15.00da Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Kitob ko‘rgazmalar zalida bo‘lib o‘tgan “Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch. Qalbga yo‘l” mavzuidagi davra-suhbatida ham shu fikr takrorlandi. Shuningdek istiqlol yillarida yurtimizda milliy ma'naviyatimizni tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ulkan ishlar, bu borada oldimizda turgan maqsad va vazifalar haqida atroflicha suhbat bo‘ldi. Unda “ZiyoNET” tarmog‘ining mas'ul xodimi Gulchehra Shahobiddinova, shoir Shukur Qurbon va kutubxonaning faol foydalanuvchilaridan Islombek Bobojonov so‘zga chiqdi. 
Anjumanda mazkur mavzu yuzasidan savol-javob bo‘lib o‘tdi. Shoira G. Shahobiddinova yangi nashr etilgan kitobini kutubxona fondiga sovg‘a tariqasida taqdim etdi.
 
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar