Joriy yilning 7-11 yanvargacha Kataloglashtirish va turkumlash-tirish xizmati tomonidan 377 ta yangi nomdagi axborot resurslari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
240 kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 77 ta; tibbiyot - 2 ta, tabiiy fanlar - 18 ta, texnika - 7 ta; badiiy adabiyot - 20 ta; qishloq xo‘jaligi - 5 ta, san'at 18 ta, ta'lim va madaniyat - 55 ta, adabiyotshunoslik - 35 ta), 140 ta dissertatsiyalarga (siyosat - 36ta, qishloq xo‘jaligi - 3 ta, texnika - 10 ta, ta'lim va madaniyat - 17 ta, tabiiy fanlar - 28 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarni 176 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi.
52 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 362900 taga yetdi.