Shukrki, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalik hukm surmoqda, xalqimiz osuda va farovon hayot kechirayotir. Bularning barchasi Prezidentimiz Islom Karmovning el-yurtimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirayotgan buyuk mehnatlari va g‘amxo‘rligi samarasidir.
Mamlakatimiz xavfsizligi, xalqimizning osoyishta hayotini himoya qilishga qodir Qurolli Kuchlar barpo etildi. Hozir askarlarimizga barchaning havasi keladi. Ular uchun yaratilgan sharoit, berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar hech qaysi davrda bo‘lmagan. Vatan himoyachilari kunini ko‘tarinki ruhda nishonlash an'anaga aylandi. Bayram munosabati bilan turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar, uchrashuvlar tashkil qilinayotgani quvonarlidir. Bu, albatta, o‘sib kelayotgan yosh avlod uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab adabiyotlarning biliografik ro‘yxati tuzildi. Ushbu ro‘yxat 5 ta bo‘limdan iborat: