1992 yil 14 yanvardan boshlab respublika parlamenti tomonidan mamlakat hududidagi xarbiy o‘quv yurtlari va boshqa xarbiy shakllarining barcha qismlari va birlashmalarini O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasi qaramog‘iga o‘tishi xamda milliy qurollantirish kuchlari tashkil etilishi to‘g‘risida qarori qabul qilindi. Va ushbu sana 1993 yil 29 dekabrdan boshlab - 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni deb e'lon qilindi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ushbu sanaga bag‘ishlangan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” uchrashuv kechasi o‘tkazildi. Tadbirda afg‘on urushi qatnashchisi, shoir Qo‘chqor Norqobil, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari shoirlar Yahyo Tog‘a, Nurillo Oston, “Vatanparvar” gazetasi xodimi, zaxiradagi polkovnik, shoir Abdurazzoq Obro‘y, yosh shoir Zuhriddin Ismoilov ishtirok etdilar. Davrani shoir Shukur Qurbon olib bordi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari akademiyasining oliy kurs tinglovchilari, Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi harbiy xizmatchilari qatnashdi. Shuningdek Qurolli kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli san'atkorlari o‘z chiqishlari bilan tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.